Yoshlarimizning Dunyoda O‘zbekiston nomini ulug‘lash bo‘yicha erishgan natijalari bilan tabriklaymiz va kelgusi faoliyatlariga ulkan zafarlar tilaymiz!
Kecha Davlatimiz Rahbari tomonidan Robototexnika bo‘yicha xalqaro musobaqa g‘oliblari va ularnining murabbiylarini mukofotlash to‘g‘risidagi Farmonlari bilan taqdirlanganlarga davlat mukofotlarini topshirish marosimida qatnashib, shijoatli yoshlarimizni ko‘rib juda quvondik.
Bu g‘alaba yana bir bor yoshlarimizning orzularini cheklamasliklari zarurligini ko‘rsatib berdi.
Bizning yoshlarimiz juda ko‘p natijalarga erishishga qodirlar, shuning uchun katta maqsadlar qo‘yib, o‘qish, izlanish va harakatdan to‘xtamasliklari kerak.
Vaqtni behuda sarflamay, Siz ham ko‘proq yangi ko‘nikmalarni o‘rganing! Buning uchun aileaders.uz orqali bepul kurslar soni va imkoniyatlar kun sayin ortmoqda! Yaqinda «Google Gemini AI Plus» xizmatidan bepul foydalanish imkoniyati ham qo‘shildi.
Ko‘proq insonlar hayotini yaxshilashga qaratilgan o‘z loyihangizni boshlang, startupbase.uz orqali uni rivojlantiring, raqamli startaplar dasturiga qo‘shiling.
Post #3858
347