TGViewer
EDU.DIGITAL.UZ EDU.DIGITAL.UZ @digitaledu_uz · 4.95K subscribers
Post #36 639

Forwarded from Digital.uz

⚡️ “IT-xizmatlar eksporti yo‘nalishi bo‘yicha malakali mutaxassislarni tayyorlash faoliyatini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi

✍️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-fevraldagi qarorining 1-bandida nodavlat ta’lim tashkilotlariga bitiruvchisi IT-xizmatlarni eksport qiluvchi tashkilotga ishga joylashganda bazaviy hisoblash miqdorining 75 baravarigacha, nogironligi bo‘lgan yosh bitiruvchisi bunday tashkilotga ishga joylashgan hollarda esa 105 baravarigacha bir martalik subsidiya ajratish tizimini nazarda tutuvchi dastur joriy etish belgilangan.

✅ Dastur doirasida nodavlat ta’lim tashkilotlariga subsidiya quyidagi barcha mezonlar bajarilgan hollarda ajratiladi:

– IT-park rezidenti maqomiga ega bo‘lish;
– bitiruvchi ishga kirgan IT-xizmatlarni eksport qiluvchi tashkilot rezident maqomini olganiga olti oydan oshgan bo‘lishi;
– bitiruvchi IT-xizmatlar eksporti sohasida talab yuqori bo‘lgan Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan o‘quv yo‘nalishlari bo‘yicha nodavlat ta’lim tashkilotida o‘qishni tamomlagan bo‘lishi;
– bitiruvchi IT-xizmatlarni eksport qiluvchi tashkilotda olti oydan ortiq muddat davomida uzluksiz ravishda ishlab kelayotgan bo‘lishi;
– bitiruvchi o‘qishni tamomlaganidan keyin uch oy muddatda eksport qiluvchi tashkilotlarga ishga joylashgan bo‘lishi;
– bitiruvchi ishga kirgan Kompaniyaning yillik eksport xizmatlari hajmi xodimlarga to‘langan umumiy yillik ish haqi miqdoridan kam bo‘lmasli belgilandi.


Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/5796/

#digital
#qaror

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | LinkedIn | X
  • 👍 2
More from @digitaledu_uz
  1. Sep 26, 2026🟩 "ICT Week Uzbekistan 2026" doirasida sun’iy intellekt maslahatchilari uchun o‘quv semin…
  2. Sep 25, 2026🟦🟦🟦 Siz kutgan lahzalar keldi! Saralash imtihon natijalarini e’lon qilamiz 📖Joriy yiln…
  3. Sep 24, 2026✨ “ICT Week Uzbekistan 2026” doirasidagi “Digital Education Forum” - “Sun’iy intellektning…
  4. Sep 24, 2026✨ “Ishonch tug‘ilmaydi, uni qurishadi” ICTWEEK UZBEKISTAN 2026 doirasidagi SABRIYA tadbiri…
  5. Sep 24, 2026🔖 Sun’iy intellektning ta’lim va bandlikka tahdidlari muhokama qilindi 🆙“ICTWEEK UZBEKIS…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →