TGViewer
EDU.DIGITAL.UZ EDU.DIGITAL.UZ @digitaledu_uz · 4.94K subscribers
Post #3746 519
🔖 Sun’iy intellektning ta’lim va bandlikka tahdidlari muhokama qilindi

🆙“ICTWEEK UZBEKISTAN 2026” AKT haftaligi doirasida “Sun’iy intellektning ta’lim va bandlikka tahdidlari” forumi o‘tkazildi. Forum yoshlarning AT sohasidagi karyerasini yangi bosqichga olib chiqishiga ko‘maklashish, shuningdek, ularni AT sohasidagi eng so‘nggi ta’lim tendensiyalari bilan tanishtirish maqsadida tashkil etildi.

🔠 Forumni Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov ochib berdi. Tadbirning birinchi qismida xalqaro va mahalliy texnologik kompaniyalar vakillari sun’iy intellektning amaliy imkoniyatlariga bag‘ishlangan taqdimotlar bilan ishtirok etdi. Shuningdek, Coursera vakili Larissa Uitkroft O‘zbekistonning platformadagi ta’lim natijalari haqida ishtirokchilarga taqdimot qildi. Shuningdek, iFLYTEK vakili Jason Zhang turli tillarda ishlay oladigan sun’iy intellekt yechimlari bo‘yicha taqdimot qildi.

⏩Forumda O‘zbekistondagi 12 ta universitetda AWS Academy dasturi rasman ishga tushirildi. Mazkur dastur talabalarga zamonaviy bulutli texnologiyalar bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalarni egallash, shuningdek, xalqaro standartlarga mos kompetensiyalarni rivojlantirish imkonini beradi.

⚡️Bundan tashqari, “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasiga respublikaning barcha hududlari bo‘ylab start berildi.

🧑‍💻 Forum davomida sun’iy intellekt davrida shakllanayotgan yangi avlod, ta’lim va mehnat bozori o‘rtasidagi bog‘liqlik masalalariga bag‘ishlangan “AI-Native Generation” panel muhokamasi ham o‘tkazildi. Unda xalqaro tashkilotlar, texnologik kompaniyalar, ta’lim platformalari va soha mutaxassislari sun’iy intellekt bilan ishlash ko‘nikmalari, yoshlarni yangi kasblarga tayyorlash hamda texnologiyalarning mehnat bozoriga ta’siri yuzasidan fikr almashdi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/223728

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
More from @digitaledu_uz
  1. Sep 24, 2026✨ “ICT Week Uzbekistan 2026” doirasidagi “Digital Education Forum” - “Sun’iy intellektning…
  2. Sep 24, 2026✨ “Ishonch tug‘ilmaydi, uni qurishadi” ICTWEEK UZBEKISTAN 2026 doirasidagi SABRIYA tadbiri…
  3. Sep 24, 2026🛡 “Digital Investment Forum 2026” doirasida investitsiya muloqoti va hamkorlik kelishuvla…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →