TGViewer
O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali @customschannel · 24.5K subscribers
Post #75356 983
#giyohvandlikka_qarshi_kurash

Oddiy jo‘natma ortidan yashirin narkolaboratoriya fosh bo‘ldi

“Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi tezkor tuzilmalari va “Elektron tijorat” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidan Xitoydan yuborilgan kuryerlik jo‘natmasi bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Hujjatlarga ko‘ra, jo‘natmada oziq-ovqat mahsulotlariga qo‘shiladigan rangli qo‘shimchalar borligi ko‘rsatilgan edi. Biroq tekshiruv davomida oq rangli kristallsimon kukun aniqlandi.

Bojxona qo‘mitasining Markaziy bojxona laboratoriyasi ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, jo‘natma tarkibida qariyb 25 kilogram “pregabalin” kuchli ta’sir qiluvchi moddasi mavjudligi ma’lum bo‘ldi.

Ammo bu hali voqeaning hammasi emas edi! Bojxona xodimlari tomonidan DXX va IIV vakillari bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jo‘natma ortidagi jinoiy zanjir ham fosh etildi.

Aniqrog‘i, ushbu yuklar “Telegram” ijtimoiy tarmog‘idagi “ALTAIR” nomli akkaunt orqali Guliston shahrida yashovchi 2 nafar fuqaro nomiga yuborilgan. Tezkor tadbir davomida ushbu shaxslar Toshkent shahrida kurerlik jo‘natmasini qabul qilib olayotgan vaqtida to‘xtatib qolindi.

Shundan so‘ng tezkor tadbir Guliston shahrida davom ettirilib, gumonlanuvchi shaxslarning yashash xonadonlari ko‘zdan kechirildi. Natijada u yerda 8 ming dona bo‘sh kapsula, 300 dona qo‘lbola usulda tayyorlangan kapsula, ikki dona elektron tarozi, besh juft tibbiy qo‘lqop hamda 5 kilogramm “mefedron” giyohvandlik vositasiga o‘xshash modda aniqlandi.

Eng tashvishli jihati, tezkor tadbir davomida nafaqat kuchli ta’sir qiluvchi moddalar jo‘natmasi, balki yashirin narkolaboratoriya tashkil etishga urinish bilan bog‘liq holat ham fosh bo‘ldi.

E’tiborli tomoni shundaki, ushbu ishlar endigina 20-21 yoshga kirgan, Guliston shahrida yashovchi yosh yigitlar tomonidan amalga oshirilgan. Ya’ni uyushgan jinoiy guruh o‘z faoliyatini internet tarmog‘ida “SIMBIOZ” nomli narkodo‘konida olib borilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
More from @customschannel
  1. Oct 13, 2026#bojxonachi_tadbirkor_tayanchi Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi rahbariyati tomonidan…
  2. Oct 13, 2026Xorijiy valyutalarni noqonuniy olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi. @yangidavr…
  3. Oct 13, 2026#xavfsiz_mahalla #yoshlar Sergeli tumanidagi maktablarda yoshlar bilan manzilli ishlar dav…
  4. Oct 13, 2026Bojxona qoʻmitasining Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boʻlimi bo…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →