#xavfsiz_mahalla
#yoshlar
Sergeli tumanidagi maktablarda yoshlar bilan manzilli ishlar davom etmoqda
Bojxona instituti o‘qituvchilari hamda kursantlar tomonidan tumandagi "Nilufar" MFYda joylashgan 6-sonli maktabda "Zakovat" intellektual o‘yinining saralash bosqichi tashkil etildi.
Bellashuv jarayonida "Vatanparvar", "Jasorat", "Jadidchilar" va "Matonat" nomli jamoalar bilim, zukkolik, mantiqiy tafakkur va jamoaviy hamkorlik bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdi.
Bellashuv yakunlariga ko‘ra, "Jasorat" jamoasi faxrli 1-o‘rinni egalladi hamda diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Tadbir davomida institutning iqtidorli kursantlari tomonidan Vatanni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.
Bunday intellektual o‘yinlar o‘tkazilishi natijasida yoshlarning bilim olishga intilishini rag‘batlantirish, intellektual va ijodiy salohiyatini rivojlantirish, jamoada hamjihatlikda ishlash ko‘nikmalarini takomillashtirish hamda ularda Vatanga sadoqat va yuksak ma’naviy fazilatlarni mustahkamlashga erishiladi.
Post #75342
1.62K





