Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi rahbariyati tomonidan “China CAMC Engineering” qo‘shma korxonasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi
Tadbirkorlarning barqarorlik reytingida 100 ball to‘plab, eng yuqori darajani egallagan mazkur korxona bugungi kunda yirik investitsiya loyihasini amalga oshirmoqda.
Loyiha doirasida yiliga 912 ming tonna chiqindini termik usulda qayta ishlash orqali 390 million kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan. Bu esa chiqindilarni samarali qayta ishlash, energiya ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirish va ekologik barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek, korxona tomonidan davlat byudjetiga 35 milliard so‘m miqdorida tushumlar ta’minlangan.
Uchrashuvda bojxona rasmiylashtiruvi jarayonlarini tezlashtirish, yuzaga kelayotgan ayrim masalalarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyati uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishga alohida e’tibor qaratildi.
O‘zaro muloqot davomida hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar va ko‘rsatilayotgan amaliy ko‘mak uchun “China CAMC Engineering” qo‘shma korxonasi vakillari Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.





