TGViewer
O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali @customschannel · 24.5K subscribers
Post #75325 2.86K
#xalqaro_hamkorlik

O‘zbekistonda vakolatli iqtisodiy operatorlar institutini rivojlantirish masalalari muhokama qilinmoqda


2026-yil 13–14-oktabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasida Jahon bojxona tashkiloti (JBT) ekspertlari Neslihan Şen va Tuğçe Karamanoglu ishtirokida vakolatli iqtisodiy operatorlar (VIO) institutini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tmoqda.

Seminarda Bojxona qo‘mitasi vakillari bilan bir qatorda VIO maqomiga ega bo‘lgan va ushbu maqomni olish istagidagi tadbirkorlik subyektlari, savdo va sanoat birlashmalari, bojxona brokerlari, yuk tashish va logistika kompaniyalari hamda boshqa tegishli tashkilotlar vakillari ham ishtirok etmoqda.

Tadbir xalqaro tajribani o‘rganish, O‘zbekistonda VIO institutini yanada takomillashtirish hamda bojxona organlari va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.

Seminarning birinchi kunida VIO dasturiga kichik va o‘rta biznes subyektlarini kengroq jalb etish, O‘zbekistonda mazkur institutning amaldagi holati hamda tadbirkorlar bilan hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinmoqda. Shuningdek, biznes vakillari mavjud muammolar va ularni bartaraf etish imkoniyatlari yuzasidan o‘z fikr-mulohazalari va takliflarini bildirmoqda.

Seminarning ikkinchi kunida bojxona organlarining boshqa davlat idoralari va chegara nazorati bilan shug‘ullanuvchi vakolatli organlar bilan hamkorligini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Xususan, xalqaro tajriba, O‘zbekistondagi mavjud hamkorlik mexanizmlari hamda tegishli davlat organlarini VIO dasturiga integratsiya qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.

Seminar yakunida VIO institutini rivojlantirish bo‘yicha harakatlar rejasini takomillashtirish, idoralararo hamkorlikni kuchaytirish va kelgusidagi ustuvor vazifalarni belgilash rejalashtirilgan.


Mazkur tadbir O‘zbekistonda bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish, tadbirkorlik subyektlari uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish hamda davlat organlari va xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
More from @customschannel
  1. Oct 14, 2026#xavfsiz_mahalla Milliy kinologiya markazi direktori F.Qaxxorov Sergeli tumanidagi “Daryo…
  2. Oct 14, 2026Radiatsiyaviy va yadroviy xavfsizlikni ta’minlash jarayonlari tahlil qilindi. @yangidavr_r…
  3. Oct 14, 2026#tezkor #tamaki Toshkent shahar bojxona boshqarmasi tezkor tuzilmalari tomonidan huquqni m…
  4. Oct 14, 2026#bojxonachi_tadbirkor_tayanchi Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i N.Salimjono…
  5. Oct 14, 2026#kun_intervyusi KUN INTERVYUSI (121-son) Bojxona sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar…
  6. Oct 14, 2026Vaziyat 24 | Xitoydan yuborilgan kuryerlik jo‘natmasida qariyb 25 kilogramm “pregabalin” k…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →