#xavfsiz_mahalla
Milliy kinologiya markazi direktori F.Qaxxorov Sergeli tumanidagi “Daryo bo‘yi” va “Nilufar” mahallalarida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi
Mas'ullar “Daryo bo‘yi” mahallasining Nilufar ko‘chasi, 3 va 4-tor ko‘chalaridagi ko‘p qavatli uylar hamda mahalla binosi atrofida tik quduqlar qazish, sug‘orish tizimini yaratish, hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini o‘rganishdi. Ishlarni sifatli tashkil etish va sovuq kunlar tushmasdan tezroq yakunlash yuzasidan ko'rsatmalar berildi.
“Nilufar” mahallasida esa jinoyatchilikning oldini olish, vaqtincha ro‘yxatda turuvchi fuqarolar bilan xonadonbay ishlash hamda yoshlar o‘rtasida giyohvandlikka qarshi targ‘ibot tadbirlarini kuchaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, aholi murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va mavjud muammolarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.
Post #75401
1.75K




