#tezkor #tamaki
Toshkent shahar bojxona boshqarmasi tezkor tuzilmalari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar bilan hamkorlikda Toshkent shahrida tezkor tadbir o'tkazildi.
Tadbir davomida Shayxontohur va Uchtepa tumanidagi yashash xonadonlari belgilangan tartibda, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.
Natijada, Shayxontohur tumanidagi xonadonda 6 500 quti, Uchtepa tumanidagi xonadonda esa 25 520 quti tamaki mahsulotlari kelgusida sotish maqsadida noqonuniy tarzda saqlab kelinayotganligi aniqlandi.
Aniqlangan 32 020 tamaki mahsulotlarining umumiy qiymati 1,6 milliard so‘mni tashkil etdi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Post #75397
2.02K


