TGViewer
O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali @customschannel · 24.5K subscribers
Post #75393 1.87K
#bojxonachi_tadbirkor_tayanchi

Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i N.Salimjonov Yangiyer shahrida faoliyat boshlayotgan “Zhongya Anruixin Steel Group” MChJ mas’ullari bilan uchrashdi

 
Uchrashuvda umumiy qiymati 260 million AQSh dollariga teng investitsiya loyihasini amalga oshirish, korxonada metall mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish hamda tashqi iqtisodiy faoliyatni samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
 
Loyiha doirasida A400S va A500S rusumli armatura po‘lati, qurilish simlari, yumaloq po‘lat hamda boshqa metall mahsulotlarini ishlab chiqarish rejalashtirilgan.
 
Muloqot davomida investitsiya loyihasini amalga oshirishda bojxona organlari tomonidan ko‘rsatiladigan amaliy yordam, import qilinadigan xomashyo va ishlab chiqarish uskunalarini bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish, shuningdek, bojxona qonunchiligi talablari va bojxona tartib-taomillari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
 
Uchrashuvda korxona vakillarining savollariga batafsil javoblar qaytarilib, bojxona qonunchiligi talablariga rioya qilish va tovarlarni rasmiylashtirishda belgilangan tartiblarga amal qilish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.

 
Bunday uchrashuvlar investitsiya loyihalarini samarali amalga oshirish, tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash hamda bojxona organlari bilan ishbilarmonlik hamkorligini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
More from @customschannel
  1. Oct 14, 2026Yosh bolaga nisbatan zo‘ravonlikka aslo toqat qilib bo‘lmaydi, jazo esa muqarrar va murosa…
  2. Oct 14, 2026#xavfsiz_mahalla Milliy kinologiya markazi direktori F.Qaxxorov Sergeli tumanidagi “Daryo…
  3. Oct 14, 2026Radiatsiyaviy va yadroviy xavfsizlikni ta’minlash jarayonlari tahlil qilindi. @yangidavr_r…
  4. Oct 14, 2026#tezkor #tamaki Toshkent shahar bojxona boshqarmasi tezkor tuzilmalari tomonidan huquqni m…
  5. Oct 14, 2026#kun_intervyusi KUN INTERVYUSI (121-son) Bojxona sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar…
  6. Oct 14, 2026Vaziyat 24 | Xitoydan yuborilgan kuryerlik jo‘natmasida qariyb 25 kilogramm “pregabalin” k…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →