TGViewer
O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali @customschannel · 24.5K subscribers
Post #75317 2.14K
#ona_tilim_faxrim

21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami munosabati bilan Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasida tashkil etilgan “Ma’naviyat va ma’rifat burchagi”ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur burchakda Surxondaryo bojxonasining shakllanishi va taraqqiyot bosqichlari, turli yillarda sohaga rahbarlik qilgan shaxslar, bojxona postlarining kechagi va bugungi qiyofasi, amalga oshirilgan islohotlar hamda erishilgan yutuqlar tarixiy fotosuratlar va arxiv ma’lumotlari orqali aks ettirilgan.

Ayniqsa, umrining salmoqli qismini xizmatga bag‘ishlagan, o‘z mehnati va sadoqati bilan soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan fidoyi xodimlarga bag‘ishlangan ko‘rgazmalar alohida ahamiyat kasb etadi.

Zero, bugungi yutuqlar zamirida Vatanimiz sarhadlarida kecha-yu kunduz xizmat qilgan, o‘z kasbiga sadoqatni hayotiy tamoyilga aylantirgan insonlarning mashaqqatli mehnati mujassam.
More from @customschannel
  1. Oct 13, 2026Xorijiy valyutalarni noqonuniy olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi. @yangidavr…
  2. Oct 13, 2026#xavfsiz_mahalla #yoshlar Sergeli tumanidagi maktablarda yoshlar bilan manzilli ishlar dav…
  3. Oct 13, 2026Bojxona qoʻmitasining Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boʻlimi bo…
  4. Oct 13, 2026#xalqaro_hamkorlik O‘zbekistonda vakolatli iqtisodiy operatorlar institutini rivojlantiris…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →