TGViewer
O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali @customschannel · 24.5K subscribers
Post #75293 3.06K
#xalqaro_hamkorlik

Bishkekda Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo davlatlar bojxona xizmatlari rahbarlarining 12-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi raisi A.Mavlonov boshchiligidagi delegatsiya ham ishtirok etdi.


Yig‘ilishda TDTga aʼzo davlatlar o‘rtasida bojxona sohasidagi hamkorlikni yana-da mustahkamlash, tashqi savdo jarayonlarini soddalashtirish, raqamli texnologiyalarni keng joriy etish va xalqaro transport-logistika aloqalarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Hususan, 2022-yil noyabr oyida Samarqandda imzolangan TDTga aʼzo davlatlar hukumatlari o‘rtasida Soddalashtirilgan bojxona yo‘lagini tashkil etish to‘g‘risidagi bitim ijrosiga alohida eʼtibor qaratildi.

Tomonlar bojxona maʼmuriyatlari o‘rtasida elektron axborot almashinuvini rivojlantirish va bitim doirasidagi texnik talablarni amalga oshirish ishlarini davom ettirishga kelishib oldilar. Bu borada O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida pilot loyihani ishga tushirish uchun zarur tartib-taomillar yakunlangani hamda elektron axborot almashinuvi muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yilgani qayd etildi.

Bojxona maʼmuriyatlari faoliyatiga zamonaviy raqamli yechimlarni joriy etish, elektron maʼlumotlar almashinuvini kengaytirish va bojxona rasmiylashtiruvi jarayonlarini tezlashtirish masalalari ham kun tartibidan o‘rin oldi.

Tomonlar 2025-yil Bokuda imzolangan TDT mintaqasida xalqaro yuk tashish jarayonlarini yana-da samarali tashkil etish va tranzit tartib-taomillarini soddalashtirishga xizmat qiluvchi eTIR tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha Harakatlar rejasi to‘liq bajarilganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Yig‘ilishda O‘zbekiston tomoni yuk tashish hajmini oshirish, transport jarayonlarida vaqt va xarajatlarni qisqartirishga qaratilgan «Yagona darcha» tizimining yangi konsepsiyasini taqdim etdi.

Shuningdek, bojxona nazoratini takomillashtirish, xavflarni boshqarish tizimi samaradorligini oshirish va bojxona laboratoriyalari salohiyatini mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi o‘zining Markaziy bojxona laboratoriyasi bazasida tashkilotga aʼzo davlatlar bojxona xizmatlari vakillari uchun tajriba almashishga qaratilgan seminar, shuningdek, xavflarni boshqarish bo‘yicha vebinar tashkil etishga tayyorligini bildirdi.

Tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari uchun qulay sharoitlar yaratish va mintaqaviy savdoni rag‘batlantirish maqsadida vakolatli iqtisodiy operatorlar (VIO) dasturlarini o‘zaro tan olish masalasi ham muhokamalar markazida bo‘ldi.

Bu borada hozirga qadar O‘zbekistonning Ozarbayjon bilan tegishli kelishuvni imzolangan, Qirg‘iziston, Turkiya va Qozog‘iston bilan esa muzokaralar davom etmoqda. Vakolatli iqtisodiy operatorlarni o‘zaro tan olish yuzasidan Qozog‘iston va Turkiya o‘rtasida ham faol saʼy-harakatlar kuzatilmoqda.

Ushbu yo‘nalishdagi ishlarni yanada jadallashtirishda TDT doirasida VIO dasturlari bo‘yicha Anglashuv memorandumi loyihasini ishlab chiqish zarurligi qayd etildi va bu masala kelgusi yig‘ilish kun tartibiga kiritildi.

Yig‘ilishda joriy yil yakuniga qadar TDTga aʼzo davlatlar bojxona xizmatlari o‘rtasida 2027–2031 yillarga mo‘ljallangan bojxona hamkorligi bo‘yicha Harakatlar rejasini ishlab chiqishga kelishib olindi.

Mazkur yig‘ilish Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida bojxona maʼmuriyatlari o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirish, o‘zaro axborot almashinuvini rivojlantirish, savdo va tranzit jarayonlarini soddalashtirish hamda mintaqaviy iqtisodiy aloqalar samaradorligini oshirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.

Navbatdagi yig‘ilish 2027-yilda Turkiya Respublikasida bo‘lib o‘tadi.
More from @customschannel
  1. Oct 13, 2026Xorijiy valyutalarni noqonuniy olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi. @yangidavr…
  2. Oct 13, 2026#xavfsiz_mahalla #yoshlar Sergeli tumanidagi maktablarda yoshlar bilan manzilli ishlar dav…
  3. Oct 13, 2026Bojxona qoʻmitasining Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boʻlimi bo…
  4. Oct 13, 2026#xalqaro_hamkorlik O‘zbekistonda vakolatli iqtisodiy operatorlar institutini rivojlantiris…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →