TGViewer
O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali @customschannel · 24.5K subscribers
Post #75273 1.32K

Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov

Prezidentimiz Yangi Toshkentning master rejasi mukammal shahar qurish uchun ishlab chiqilganini, biroq u sarmoyadorlar tashabbusiga to‘siq bo‘lmasligi kerakligini ta’kidladi. Agar o‘ziga xos loyiha shahar manfaatiga xizmat qilsa, lot maydoni yoki obyekt turini o‘zgartirish haqidagi taklif qo‘llab-quvvatlanishi lozim.

Bunga huquqiy imkoniyat bor. Ammo takliflarni ko‘rib chiqish tartibi murakkab va yetarlicha shaffof emas, ayrim qarorlar oylab cho‘zilmoqda. Shu sababli investor takliflarini tez va aniq mezonlar asosida ko‘rib chiqish talab etildi.

“Sankt-Peterburg” mavzesiga tadbirkorlar qiziqishi bejiz emas: uning konsepsiyasi, loyiha hujjatlari va qurilish ruxsati oldindan tayyor. Direksiyaga shunday tayyor loyihalar sonini ko‘paytirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Yangi Toshkentning “tashrif qog‘ozi”ga aylanadigan yirik tijorat obyektlari ham kerak. Hozirgacha sotilgan 54 ta lotdan atigi 3 tasidagi loyiha qiymati 100 million dollardan oshadi.

Shu maqsadda ochiq tashabbus va “Swiss challenge” tamoyili asosida yer ajratish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi. Tashabbus ochiq e’lon qilinadi. Agar boshqalar yaxshiroq shart taklif etmasa, yer birinchi tashabbuskorga ajratiladi.

Facebook|Instagram|X
More from @customschannel
  1. Oct 12, 2026#xalqaro_hamkorlik Bojxona qo‘mitasi Raisi A.Mavlonovning Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼ…
  2. Oct 12, 2026#xalqaro_hamkorlik Bishkekda Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo davlatlar bojxona xizmatla…
  3. Oct 12, 2026Oliy Majlis Senatida bojxona sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish mexanizmlarini…
  4. Oct 12, 2026Vaziyat 24 | Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining “Farxod” chegara bojxona postida si…
  5. Oct 12, 202609:00 12.10.2026 NAVOIY XALQARO AEROPORTIDA “PORTO-FRANKO” ERKIN BOJXONA HUDUDI OCHILDI #N…
  6. Oct 12, 2026#Таҳлилнома | 11.10.2026 Узбекистан главный инициатор дипломатии добрососедства и эпохи от…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →