TGViewer
O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali @customschannel · 24.5K subscribers
Post #75287 2.43K
Oliy Majlis Senatida bojxona sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan Qonun muhokama etildi

Unda Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi K.Burxanov, senatorlar, Bojxona qoʻmitasi Raisi oʻrinbosari O.Choriyev, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida Bojxona qoʻmitasi Raisi oʻrinbosari O.Choriyev soʻzga chiqib, Qonunning mazmun-mohiyati, unda nazarda tutilgan oʻzgartishlar va ularning amaliyotdagi ahamiyati yuzasidan senatorlar hamda ishtirokchilarga batafsil maʼlumot berdi.

Qonun bilan, avvalo, bojxona bojlarini toʻlashdan boʻyin tovlash holatlariga nisbatan jinoiy-huquqiy taʼsir choralarini qoʻllashning huquqiy asoslarini kengaytirish taklif etildi. Jumladan, Jinoyat kodeksining 184-moddasiga tegishli oʻzgartish kiritish orqali bojxona bojlarini toʻlashdan boʻyin tovlash bilan bogʻliq qilmishlarni ham mazkur jinoyat tarkibi doirasida qamrab olish nazarda tutilgan.

Shuningdek, Qonundagi yana bir muhim yangilik koʻp miqdordagi pirotexnika buyumlarini bojxona chegarasi orqali noqonuniy olib oʻtish bilan bogʻliq jinoyat ishlariga taalluqli boʻldi. Unga koʻra, Jinoyat kodeksining 250¹-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan mazkur jinoyatlar boʻyicha bojxona organlariga surishtiruv oʻtkazish vakolatini berish taklifi ilgari surildi. Bunday yondashuv bojxona organlarining sohaga oid amaliy tajribasidan samarali foydalanish, jinoyat ishlarini yuritish jarayonlarini soddalashtirish va dastlabki tergov organlari zimmasidagi yuklamani kamaytirish imkonini beradi.

Qonun muhokamasi davomida senatorlar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar va takliflar koʻrib chiqilib, yuzaga kelgan savollarga Bojxona qoʻmitasi mutaxassislari batafsil maʼlumotlar berishdi.

Muhokamalar yakunida Qonun senatorlar tomonidan bir ovozdan qoʻllab-quvvatlandi.
More from @customschannel
  1. Oct 12, 2026#xalqaro_hamkorlik Bojxona qo‘mitasi Raisi A.Mavlonovning Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼ…
  2. Oct 12, 2026#xalqaro_hamkorlik Bishkekda Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo davlatlar bojxona xizmatla…
  3. Oct 12, 2026Vaziyat 24 | Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining “Farxod” chegara bojxona postida si…
  4. Oct 12, 202609:00 12.10.2026 NAVOIY XALQARO AEROPORTIDA “PORTO-FRANKO” ERKIN BOJXONA HUDUDI OCHILDI #N…
  5. Oct 12, 2026#Таҳлилнома | 11.10.2026 Узбекистан главный инициатор дипломатии добрососедства и эпохи от…
  6. Oct 12, 2026#Tahlilnoma | 11.10.2026 Minalardan do‘stlikka: O‘zbekiston qo‘shnilarini qanday do‘stga a…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →