TGViewer
O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali @customschannel · 24.6K subscribers
Post #75166 2.08K
#Matbuot_anjumani

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazida Bojxona qo‘mitasi tomonidan aholi va tadbirkorlik subyektlariga xizmat ko‘rsatishda raqamlashtirish va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Bojxona qo‘mitasi Raisi o‘rinbosari N.Musamuxamedov jurnalistlarga dastlab sohada joriy yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan chora-tadbirlar va erishilgan natijalar yuzasidan axborotlarni taqdim etdi.

Ta’kidlanishicha, yil boshidan buyon O‘zbekistonda tovarlar eksporti salkam 13 mlrd dollarni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3,3 mlrd dollarga oshdi.

Chegara orqali 1,5 mln.dan ziyod yukli avtotransportlar harakatlangan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich ham 237 mingtaga oshdi.

Rasmiylashtirilgan bojxona yuk deklaratsiyalari o‘tgan yilning shu davriga qaraganda 106 mingtaga oshib, jami 931 mingtani tashkil etdi.

Tadbirkorlarning moliyaviy barqarorligini mustahkamlash maqsadida, 14 mingdan ortiq tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilariga 45,8 trln so‘m bojxona to‘lovlaridan imtiyoz va preferensiyalar qo‘llanildi, 6,6 trln so‘m bojxona to‘lovlarini kechiktirib to‘lashga ruxsat berildi.

Davlat byudjetiga undirilgan bojxona to‘lovlari ham 9,4 trln so‘mga oshib, jami 63,5 trln so‘mni tashkil qildi.

Sohani raqamlashtirish hisobiga eksport deklaratsiyalarining 94 foizi yoki 266 mingtasi, import deklaratsiyalarining 90 foizi yoki 491 mingtasi soddalashtirilgan tartibda rasmiylashtirildi.

Bunda, 185 mingdan ortiq eksport va import deklaratsiyalarining rasmiylashtiruvi inson omilisiz amalga oshirildi.

Bojxona tartibotlarini soddalashtirish orqali 8 mingta eksportyor hamda 51 mingta importyorning ortiqcha sarf-xarajati va vaqti tejalishiga erishildi.

Aholi sog‘ligi va xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar natijasida respublikamiz bojxonachilari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar bilan hamkorlikda 2,2 tonnaga yaqin giyohvandlik, psixotrop va kuchli ta’sir etuvchi moddalar, 209 ta o‘qotar, pnevmatik va sovuq qurollar, 384 ta patronlar, salkam 50 mlrd so‘mlik, valyuta qimmatliklari, 83,7 mlrd so‘mlik zargarlik buyumlari, 60 mlrd so‘mlik tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanuvi oldi olindi.
More from @customschannel
  1. Oct 9, 2026#xavfsiz_mahalla "Oltin Vodiy" mahallasida bolalar uchun yangi futbol maydonchasi foydalan…
  2. Oct 9, 2026O'zA: Bojxona faoliyatida sun’iy intellekt imkoniyatlari kengaymoqda!
  3. Oct 9, 2026❗️Importda oldindan to‘lov imkoniyati yaratildi, eksportda 50 foizlik talab bekor qilindi…
  4. Oct 9, 2026#Matbuot_anjumani Anjumanda Bojxona qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan “Integratsiyalash…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →