TGViewer
O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali @customschannel · 24.6K subscribers
Post #75187 2.3K

Forwarded from Rasmiy axborot

❗️Importda oldindan to‘lov imkoniyati yaratildi, eksportda 50 foizlik talab bekor qilindi

Bojxona sohasida tadbirkorlar uchun tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirishni yengillashtiruvchi yangi tartiblar joriy etilmoqda. Prezidentning 2026-yil 27-avgustdagi PF–174-son Farmoniga muvofiq, endilikda importda yagona invoys asosida tovar mamlakatga yetib kelishidan oldin to‘lovni amalga oshirish mumkin. Eksportda esa invoys asosida operatsiyalar uchun talab etilgan 50 foizlik oldindan valyuta tushumi talabi bekor qilindi.

⚡️ Shuningdek, milliy valyutada tovarlarni qarzga eksport qilishga ruxsat berildi. Ushbu o‘zgarishlar, ayniqsa, kichik biznes va elektron tijorat ishtirokchilari uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

Sohani raqamlashtirish natijasida 2026-yilning 9 oyida eksport deklaratsiyalarining 94 foizi, import deklaratsiyalarining esa 90 foizi soddalashtirilgan tartibda rasmiylashtirildi. 185 mingdan ortiq deklaratsiya inson omilisiz rasmiylashtirilib, 8 mingta eksportyor va 51 mingta importyorning vaqti hamda ortiqcha xarajatlari tejaldi. Shu davrda 14 mingdan ortiq tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchisiga 45,8 trln so‘mlik bojxona imtiyozlari va preferensiyalar qo‘llanildi, yana 6,6 trln so‘mlik bojxona to‘lovlarini kechiktirib to‘lashga ruxsat berildi.


📢 Tadbirkorlar uchun yana bir muhim yangilik — “Integratsiyalashgan tarif” interaktiv xizmatining yangi versiyasi ishlab chiqildi. Unda sun’iy intellekt elementlari yordamida tovarlar bo‘yicha ma’lumotlarni izlash, tarif va notarif tartibga solish choralarini aniqlash mumkin. Bu import va eksport operatsiyalarini rejalashtirishda zarur talablar va to‘lovlar haqida oldindan ma’lumot olishni yengillashtiradi.

Bojxona auditi ham profilaktik yondashuv asosida takomillashtirilmoqda. Kamchilik aniqlangan holatlarda tadbirkorga uni mustaqil ravishda bartaraf etish imkonini berish — “maslahatchi-auditor” tamoyilining asosiy mazmunidir. Shuningdek, “Bojxona auditi” axborot tizimida sun’iy intellekt asosidagi “AI-tahlil” texnologiyasini joriy etish rejalashtirilgan. U deklaratsiyalar, tijorat hujjatlari, tovarlar va to‘lovlar haqidagi ma’lumotlarni solishtirib, ehtimoliy tafovut va xavflarni avtomatik aniqlashga xizmat qiladi.
2030-yilga qadar inson omilisiz bojxona rasmiylashtiruvi ulushini 60 foizga yetkazish, rasmiylashtirish vaqtini ikki baravar qisqartirish va bojxona xizmatlari sifatini oshirish belgilangan.

〰️〰️〰️〰️〰️〰️

✅ OAV uchun Kontent tayyorlash markazida Bojxona qo‘mitasi raisi o‘rinbosari hamda tegishli boshqarma boshliqlari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida sohada raqamlashtirish, sun’iy intellektdan foydalanish va tashqi savdo ishtirokchilari uchun yaratilayotgan yangi imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi.

https://t.me/Rasmiy_axborot_official
More from @customschannel
  1. Oct 10, 2026Қўл сумкаси ва кийимига яширилган 34 минг доллар аниқланди Андижон вилоятидаги «Дўстлик» ч…
  2. Oct 10, 2026Yunusobod tumanidagi xonadon yerto‘lasida 1176 dona "Regapen" dori vositasi saqlanayotganl…
  3. Oct 10, 2026#giyohvandlikka_qarshi_kurash На телеканале "Дунё бўйлаб" в передаче "Актуальная студия" б…
  4. Oct 10, 2026Daryo.uz : O‘zbekistonda 9 oyda 185 mingdan ortiq bojxona deklaratsiyasi inson ishtirokisi…
  5. Oct 10, 2026#ona_tilim_faxrim 21-oktyabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 37 yilligi m…
  6. Oct 10, 2026#matbuot_anjumani #intellektual_bojxona Uzreport TV : Sun’iy intellekt bojxona xizmatlarin…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →