TGViewer
O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali @customschannel · 24.6K subscribers
Post #75193 2.54K
#xavfsiz_mahalla

"Oltin Vodiy" mahallasida bolalar uchun yangi futbol maydonchasi foydalanishga topshirildi

Bojxona qoʻmitasi hamda Sergeli tumani hokimligi koʻmagida “Oltin Vodiy” MFYda bolalar uchun zamonaviy futbol maydonchasi barpo etildi. Yangi sport maskani mahalla yoshlarining sport bilan muntazam shugʻullanishi, boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishi hamda sogʻlom turmush tarziga amal qilishi uchun qulay sharoit yaratadi.

Ochilish marosimida Bojxona qoʻmitasi raisi oʻrinbosari O.Choriyev, “Toshkent-Aero” IBK boshligʻi D.Mirzahmedova, Sergeli tuman hokimi o'rinbosari O'.Mahkamov hamda mahalla faollari ishtirok etishdi.

Tadbirda soʻz olganlar, zamonaviy talablar asosida barpo etilgan maydoncha bolalarning futbol bilan muntazam shugʻullanishi uchun moslashtirilganligi va sport bilan shugʻullanishi uchun qulay maskanga aylanganini alohida taʼkidlashdi.

Bugungi kunda mahallada yoshlar soni 1150 tani tashkil qiladi. Endilikda ular ushbu maydonda futbol oʻynash, oʻz mahoratlarini oshirish va tengdoshlari bilan sport musobaqalarida qatnashish imkoniyatiga ega boʻladilar.

Shuningdek, tadbir doirasida mahallaning oʻsmir yoshlari oʻrtasida mini-futbol musobaqasi tashkil etildi. Qizgʻin va doʻstona ruhda kechgan bellashuvlar yakunida gʻoliblar Bojxona qoʻmitasi rahbariyati tomonidan taqdirlanib, medal hamda esdalik sovgʻalari topshirildi.
More from @customschannel
  1. Oct 10, 2026#tezkor Toshkent shahar bojxona boshqarmasining “Chuqursoy texnik idora” temir yo‘l chegar…
  2. Oct 10, 2026Fuqaroning yashash xonadonidan giyohvand modda topildi. @yangidavr_rasmiy
  3. Oct 10, 2026Yunusoboddagi xonadon yerto‘lasida 1176 dona “Regapen” dori vositasi saqlanayotganligi ani…
  4. Oct 10, 2026Post #75204
  5. Oct 10, 2026#donolar_bisotidan #kun_hikmati Donolar bisotidan Hasad bilan g‘azab toza va chiroyli hayo…
  6. Oct 9, 2026O'zA: Bojxona faoliyatida sun’iy intellekt imkoniyatlari kengaymoqda!
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →