#tezkor
Toshkent shahar bojxona boshqarmasining “Chuqursoy texnik idora” temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari tomonidan Xitoy davlatidan olib kelingan tovarlar bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.
Natijada yuklar orasida, hujjatlarda ko‘rsatilmagan, umumiy qiymati 870 million so‘mlik xo'jalik tovarlari borligi ma’lum bo‘ldi.
Bojxona ko'rigi davomida noqonuniy olib kirishga urinilgan tovarlar orasidagi generator qurilmasiga 2025-yilda ishlab chiqarilganligini ko‘rsatuvchi yorliqlar yopishtirilgan bo‘lsa-da, o‘rganishlar natijasida uning aslida 2014-yilda ishlab chiqarilgani ma’lum bo‘ldi.
Hozirda holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Post #75207
1.95K



