TGViewer
O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali @customschannel · 24.5K subscribers
Post #75236 2.5K
#intellektual_bojxona

Endi biron tovarning bojxona to‘lovi qancha bo‘lishini va qanday notarif tartibotlar mavjudligini bilmoqchi bo‘lsangiz, o‘sha tovarni shunchaki telefonda rasmga olishning o‘zi kifoya!

Bugun tashqi savdo bilan shug‘ullanayotgan tadbirkor borki, tovarni O‘zbekistonga olib kirish yoki olib chiqishda qanday notarif talablar mavjudligi, qancha bojxona to‘lovi oshirilishi va qanday ta’qiq va cheklovlar mavjudligini oldindan bilishni istaydi.

Shu nuqtayi nazardan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25 martdagi PF-57-son Farmoni talablari asosida Bojxona qo‘mitasi tomonidan «Integratsiyalashgan tarif” interaktiv xizmatining yangi versiyasi ishlab chiqildi.

Yangi versiyada zamonaviy texnologiyalar, jumladan, sun’iy intellekt elementlaridan foydalangan holda axborot qidirish, tarif va notarif choralarni bilish imkoniyati joriy etilgan.

Interaktiv xizmat customs.uz manzilining "Bojxona organlari Yagona darcha xizmatlari” sahifasiga joylashtirilgan.
More from @customschannel
  1. Oct 11, 2026🐕 Milliy kinologiya markazida xalqaro itlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda! Ayni paytda Bojx…
  2. Oct 11, 2026🐕 200 boshdan ortiq it, xorijiy ishtirokchilar va qiziqarli chiqishlar — Milliy kinologiy…
  3. Oct 11, 2026Shu kunlarda markaziy va mahalliy telekanallarda efirga uzatilgan bojxona organlari faoliy…
  4. Oct 10, 2026X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi 75 yillik yubileyini nishonladi E…
  5. Oct 10, 2026#matbuot_anjumani #intellektual_bojxona “Yangi O’zbekiston bojxonasi - 2030” - “Intellektu…
  6. Oct 10, 2026Қўл сумкаси ва кийимига яширилган 34 минг доллар аниқланди Андижон вилоятидаги «Дўстлик» ч…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →