🐕 Milliy kinologiya markazida xalqaro itlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda!
Ayni paytda Bojxona qo‘mitasining Milliy kinologiya markazida o‘tkazilayotgan xalqaro ko‘rgazmalarda turli zotlarga mansub 200 boshdan ortiq itlar namoyish etilmoqda.
Tadbirda mahalliy ishtirokchilar bilan bir qatorda Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Rossiyadan kelgan ishtirokchilar, shuningdek, kuch tuzilmalari mutaxassislari, sohaga ixtisoslashgan klublar vakillari va xalqaro ekspertlar qatnashmoqda.
Ko‘rgazmaga tashrif buyurib, turli zotdagi itlarni yaqindan ko‘rishingiz, qiziqarli chiqishlarni tomosha qilishingiz hamda xizmat itlarining imkoniyatlari bilan tanishishingiz mumkin.
📍 Manzil: Toshkent shahri, Yangihayot tumani, Qipchoq 2-tor ko‘chasi, 9-uy.
Ko‘rgazma bugun soat 18:00 ga qadar davom etadi.
Post #75249
2.64K





