TGViewer
O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali @customschannel · 24.5K subscribers
Post #75274 1.45K

Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov

Yangi Toshkentda xizmat ko‘rsatish va ijtimoiy obyektlar qurilishiga turtki berish uchun infratuzilma to‘lovlari qayta ko‘rib chiqiladi. Davlatimiz rahbari turar joy qurish bilan shaharga xizmat qiladigan mehmonxona yoki savdo markazini barpo etishning iqtisodiy yuki bir xil emasligini ta’kidladi.

Infratuzilma to‘lovining bazaviy stavkasi savdo, servis va biznes markazlari uchun 3 barobar, mehmonxona va turizm obyektlari uchun 5 barobar, madaniy hamda ko‘ngilochar maskanlar uchun 10 barobar kamaytiriladi. Xususiy bog‘cha, maktab va shifoxonalar uchun to‘lov 1 foiz etib belgilanadi.

Bu tartib qurilishi boshlangan loyihalarga ham tatbiq etiladi.

Dunyoning yetakchi arxitektorlari ishlab chiqqan o‘ziga xos loyihalarga tezkor tartib qo‘llanadi. Loyihalash, qurilish va obyektni foydalanishga qabul qilish jarayonlari jadallashtiriladi, bir xil ma’lumotni qayta-qayta talab qilish amaliyotiga chek qo‘yiladi.

Facebook|Instagram|X
More from @customschannel
  1. Oct 13, 2026#kun_intervyusi KUN INTERVYUSI (120-son) Bojxona sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar…
  2. Oct 13, 2026Sifati kafolatlanmagan tibbiyot buyumlari va dori vositalari aniqlandi. @yangidavr_rasmiy
  3. Oct 13, 2026#xavfsiz_mahalla "Oltin Vodiy" mahallasida bolalar uchun yangi futbol maydonchasi foydalan…
  4. Oct 13, 2026Dunyo bo'ylab TV | В международном аэропорту Ташкент выявлены два факта незаконного ввоза…
  5. Oct 13, 2026📣 🟦🟦🟦 🟦🟦🟦 🟦🟦🟦 She‘r ayting va qimmatbaho sovg‘aga ega bo‘ling! 21-oktabr – O‘zbe…
  6. Oct 13, 2026#Axborot24 | 12.10.2026 Меры по предотвращению наркоторговли mtrk.uz | Instagram | Youtube…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →