TGViewer
O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali @customschannel · 24.5K subscribers
Post #75299 2.5K
📣 🟦🟦🟦 🟦🟦🟦 🟦🟦🟦

She‘r ayting va qimmatbaho sovg‘aga ega bo‘ling!

21-oktabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 37 yilligi munosabati bilan Millatlararo munosabatlar qo‘mitasi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi hamkorligida turli millat va elatlar vakillari o‘rtasida “O‘zbek tiliga bag‘ishlangan eng yaxshi she’r ijrochisi” tanlovini e’lon qiladi.

🔽Tanlovni o‘tkazish tartibi:

✅turli millatga mansub ishtirokchilarning o‘zbek tiliga bag‘ishlangan she’r ijrosi namunalari (video, audio shaklda) tanlov tashkilotchisiga (Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasiga) yuboriladi;

✅yuborilgan namunalar dastlabki tarzda saralanib, Qo‘mitaning telegramdagi rasmiy sahifasida onlayn ovozga qo‘yiladi va eng ko‘p ovoz to‘plagan ishtirokchilar ovozlar soniga qarab 1-o‘rin, 2-o‘rin, 3-o‘rinni egallaydi.

🎄 G‘oliblar “O‘zbek tili barchamizni birlashtiradi!” shiori ostida o‘tkaziladigan bayram tadbirida noutbuk, planshet va boshqa qimmatbaho sovg‘alar bilan tantanali ravishda taqdirlanadi!

👉 Tanlovda ishtirok etish uchun namunalarni 15-oktabr 12:00 ga qadar +998 97 777 28 23, +998 97 722 76 77 telegram raqamlari orqali taqdim etishingiz mumkin.

📝 Eslatma: Tanlovga yuborilayotgan ijodiy ish bilan birga ishtirokchi haqida to‘liq ma’lumot — F.I.Sh., telefon raqami hamda qaysi millat vakili ekanligi ko‘rsatilishi shart.

📷Instagram |🌐YouTube| 📱Facebook | 🌐 Veb-sayt
More from @customschannel
  1. Oct 13, 2026Endi biron tovarning bojxona to‘lovi qancha bo‘lishini va qanday hujjatlar kerakligini bil…
  2. Oct 13, 2026#Axborot24 | 13.10.2026 Xorijiy valyutaga oid qonunbuzarliklar fosh etildi mtrk.uz | Insta…
  3. Oct 13, 2026Shu kunlarda markaziy va mahalliy telekanallarda efirga uzatilgan bojxona organlari faoliy…
  4. Oct 13, 2026#kun_intervyusi KUN INTERVYUSI (120-son) Bojxona sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar…
  5. Oct 13, 2026Sifati kafolatlanmagan tibbiyot buyumlari va dori vositalari aniqlandi. @yangidavr_rasmiy
  6. Oct 13, 2026#xavfsiz_mahalla "Oltin Vodiy" mahallasida bolalar uchun yangi futbol maydonchasi foydalan…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →