Bojxona qo'mitasining Harbiy safarbarlik, jangovar tayyorgarlik va qo'riqlash boshqarmasi hamda hududiy boshqarmalar tomonidan joylarda Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy tuzilmalari bilan hamkorlikda turli mavzularda ko‘rgazmali o‘quv mashg‘ulotlari o'tkazilmoqda.
Jumladan, Xorazm viloyati bojxona boshqarmasida, Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasining "Sirdaryo", Jizzax viloyati bojxona boshqarmasining "Qoʻshkent" va "Uchtoʻrgʻon" chegara bojxona postlarida“Yonish va portlash xavfi yuqori bo‘lgan kimyoviy moddalar bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish” va “Respublikamizga o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar kirib kelishi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish va FVDqT xizmatlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning harakatlari” yuzasidan ko‘rgazmali o‘quv mashg‘ulotlari o'tkazildi.
Mashg‘ulotlar davomida shartli favqulodda vaziyat yuzaga kelgan holat amaliy tarzda namoyish etilib, belgilangan tartibda tegishli xizmatlarni xabardor qilish, zarur kuch va vositalarni voqea joyiga jalb etish, xavfli hududni aniqlash va cheklash, aholini xavfsiz hududga evakuatsiya qilish hamda favqulodda vaziyatni bartaraf etish bo‘yicha xodimlarning amaliy ko'nikmalari mustahkamlanmoqda.
Post #75159
1.39K





