TGViewer
O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali @customschannel · 24.6K subscribers
Post #75172 1.6K
#Matbuot_anjumani

Anjumanda bojxona sohasida tashqi savdo ishtirokchilari uchun joriy etilayotgan yangi elektron xizmatlar, bojxona rasmiylashtiruvini avtomatlashtirish natijalari hamda nazorat-tahlil jarayonlarida sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish istiqbollari haqida ma’lumotlar berildi.


Ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda Davlatimiz Rahbarining bojxona sohasiga qaratayotgan yuksak e’tiborlari natijasida tizim faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan muhim hujjatlar qabul qilinmoqda va izchil ravishda amaliyotga joriy etilmoqda.

Jumladan, bojxona organlarini zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish orqali “Intellektual bojxona”ga transformatsiya qilish, bojxona sohasini ochiqlik, shaffoflik hamda ishonchlilik tamoyillari asosida korrupsiyadan xoli tizimga aylantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 27-avgust kuni “Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish va bojxona ma’murchiligida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-174-son Farmoni qabul qilindi.

Farmon bilan 2030-yilga qadar raqamli texnologiyalarni rivojlantirish orqali inson omilisiz bojxona rasmiylashtiruvi ko‘lami 60 foizga, bojxona tushumlarining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 4,4 foizga yetkaziladi.

Shuningdek, bojxona rasmiylashtiruvi vaqtini ikki barobarga qisqartirish, bojxona xizmatlari sifatini yaxshilash va tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining bojxona organlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash asosiy maqsadlar qilib belgilangan.

Ushbu maqsadlarga erishish uchun “Yangi O‘zbekiston bojxonasi – 2030” strategiyasi tasdiqlandi va unda 2026–2030 yillarga mo‘ljallangan muhim vazifalar belgilab berildi.

Mazkur vazifalarning tub mohiyati O‘zbekistonda tashqi savdo jarayonlarining jadallik bilan o‘sib borishi sharoitida bojxona nazorati samaradorligini va tezkorligini ta’minlashga qaratilgan.

Farmonda tadbirkorlar uchun bir qator qulayliklar nazarda tutilgan. Jumladan, invoys asosida importda oldindan to‘lov qilish imkoniyati yaratildi hamda eksport qilishda 50 foiz tushum talabi bekor qilindi.

Milliy valyutada qarzga eksport qilishga ruxsat berildi, tovarlar eksportida bojxona rasmiylashtiruvi, fitosanitariya sertifikati va fumigatsiya hamda tovarning kelib chiqish sertifikati uchun yig‘im va to‘lovlar miqdori 30 foizga kamaytirildi.

2027-yil 1-iyundan boshlab esa vakolatli iqtisodiy operatorlarga debitor qarzdorlik uchun jarimalar bekor qilinadi.
More from @customschannel
  1. Oct 9, 2026O'zA: Bojxona faoliyatida sun’iy intellekt imkoniyatlari kengaymoqda!
  2. Oct 9, 2026❗️Importda oldindan to‘lov imkoniyati yaratildi, eksportda 50 foizlik talab bekor qilindi…
  3. Oct 9, 2026#Matbuot_anjumani Anjumanda Bojxona qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan “Integratsiyalash…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →