TGViewer
O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali @customschannel · 24.6K subscribers
Post #75151 1.93K
#xalqaro_hamkorlik

Oʻzbekiston bojxona delegatsiyasi Jenevadagi Global forumda faol ishtirok etmoqda


Ayni kunlarda Shveysariyaning Jeneva shahrida transport bilan bogʻliq bojxona masalalari, jumladan, chegaradan oʻtish tartib-taomillarini yengillashtirish yoʻnalishida qator nufuzli xalqaro tadbirlar boʻlib oʻtmoqda.

Transport bilan bogʻliq bojxona masalalar va chegaradan oʻtishni yengillashtirish boʻyicha Global forumning 173-sessiyasi hamda 1975-yilgi Xalqaro yuk tashish (XYT) Konvensiyasi Maʼmuriy qoʻmitasining 88-sessiyasida 31 ta davlat bojxona xizmatlarining delegatsiyalari qatorida Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona qoʻmitasi vakillari ham faol ishtirok etmoqda.

Xususan, tadbir doirasi Bojxona qoʻmitasi Raisi maslaxatchisi R.Kabulov tomonidan xalqaro tranzit tizimlarini raqamlashtirish, chegara-bojxona postlarida oʻtkazish jarayonlarini tezlashtirish hamda Oʻzbekistonning tashqi savdo va logistika salohiyatini yanada oshirish borasida ilgari surayotgan tashabbuslari yuzasidan maʼlumotlar berildi.

Quvonarlisi, 1975-yilgi XYT Konvensiyasi Maʼmuriy qoʻmitasining 88-sessiyasi doirasida Bojxona qoʻmitasi Raisi maslahatchisi R.Kabulov Maʼmuriy qoʻmitasi Raisining oʻrinbosari lavozimiga saylandi.

Taʼkidlash joizki, Bojxona qoʻmitasi delegatsiyasining ushbu tadbirlardagi ishtiroki Bojxona qoʻmitasi Raisining joriy yil fevral oyida Shveysariyaning Jeneva shahriga amaliy tashrifi doirasida xalqaro tashkilotlar vakillari bilan oʻtkazilgan muzokaralarda erishilgan kelishuvlarning amaliy davomi hisoblanadi.


Tadbir doirasida ekspertlar tomonidan xalqaro yuk tashuvlarini soddalashtirish, bojxona-tranzit jarayonlarini takomillashtirish, shuningdek, chegaradan oʻtishdagi maʼmuriy tartib-taomillarni yengillashtirish masalalari muhokama qilinmoqda.
More from @customschannel
  1. Oct 9, 2026O'zA: Bojxona faoliyatida sun’iy intellekt imkoniyatlari kengaymoqda!
  2. Oct 9, 2026❗️Importda oldindan to‘lov imkoniyati yaratildi, eksportda 50 foizlik talab bekor qilindi…
  3. Oct 9, 2026#Matbuot_anjumani Anjumanda Bojxona qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan “Integratsiyalash…
  4. Oct 9, 2026#Matbuot_anjumani Anjumanda bojxona sohasida tashqi savdo ishtirokchilari uchun joriy etil…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →