TGViewer
O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali @customschannel · 24.6K subscribers
Post #74921 4.76K
#xavfsiz_mahalla

“Xavfsiz Sergeli” — xavfsiz muhit sari yangi muloqot maydoni


Bojxona qo‘mitasi va Sergeli tumani hokimligi Matbuot xizmatlari hamkorligida “Xavfsiz Sergeli” yangi podkast loyihasiga start berildi.

Mazkur loyiha orqali tuman mahallalarida xavfsiz va barqaror muhitni ta’minlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, aholi muammolarini o‘rganish hamda ularni hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ochiq muloqotlar tashkil etiladi.

Podkastning har bir sonida soha mas’ullari, mutasaddilar va jamoatchilik vakillari bilan suhbatlar o‘tkazilib, mahallalardagi dolzarb masalalar, ularning yechimlari va amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligi muhokama qilinadi.


Loyihaning dastlabki soni xotin-qizlar masalalariga bag‘ishlandi. Ilk mehmon esa Sergeli tumani hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Nafisa Jo‘rayeva bo‘ldi.

Suhbat davomida oila va mahallada barqaror muhitni ta’minlashda ayollarning o‘rni, xotin-qizlarni bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar bilan ishlash, ularni kasb-hunar va tadbirkorlikka jalb etish, oilaviy ajrimlarning oldini olish, xotin-qizlarning ta’lim olishi hamda jinoyatchilikning profilaktikasi kabi muhim masalalar atroflicha muhokama qilindi.


“Xavfsiz Sergeli” — mahalla hayotidagi dolzarb masalalarni ochiq muhokama qilish, muammolarga birgalikda yechim izlash va xavfsiz muhitni ta’minlashga qaratilgan hamkorlikdagi muloqot maydoni bo‘ladi degan umiddamiz.

Podkastning keyingi sonlarida ham Sergeli tumani hayotidagi muhim va dolzarb masalalar yuzasidan mas’ullar bilan ochiq suhbatlar taqdim etiladi.

Loyihaning ilk soni tez kunda e’tiboringizga havola qilinadi.
More from @customschannel
  1. Oct 8, 2026Post #75035
  2. Oct 8, 2026#donolar_bisotidan #kun_hikmati Donolar bisotidan Ilmdan yaxshiroq xazina bo‘lmas, Qo‘ling…
  3. Oct 7, 2026Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonga…
  4. Oct 7, 2026O‘zbekiston bojxonasi Jahon bojxona tashkiloti Yevropa mintaqasi maslahatlashuvida ishtiro…
  5. Oct 7, 2026#tezkor Cho‘ntakdamas, paypoqda! Andijon viloyati bojxona boshqarmasining “Do‘stlik” chega…
  6. Oct 7, 2026Bojxona qo‘mitasi va "Soliq va bojxona xabarlari" gazetasi o‘rtasida hamkorlik kengaytiril…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →