#Xavfsiz_mahalla
Sergeli tumanida “Xavfsiz mahalla” dasturi doirasida manzilli ishlar amalga oshirilmoqda
Sergeli tumanida aholi bilan yaqindan muloqot oʻrnatish, hududlarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda. Bu jarayonda mahallalardagi mavjud holatni joyiga chiqqan holda oʻrganish, aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Bojxona qoʻmitasi Raisining maslahatchisi U.Pirmuxamedova tomonidan “Ezgulik” mahallasidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olindi. Ular bilan suhbat jarayonida oilalarning ijtimoiy sharoiti, mavjud ehtiyojlari va ularni qiynayotgan masalalar oʻrganilib, aniqlangan muammolarni bartaraf etish boʻyicha amaliy choralar belgilab olindi.
Shuningdek, “Koʻhna Qumariq” mahallasida Prezidentimizning PQ-1-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida xotin-qizlar bilan ishlash, ularning muammolarini oʻrganish va bandligini taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlar holati oʻrganildi. Xususan, mazkur yoʻnalishda belgilangan vazifalarning bajarilishi hamda mahallada profilaktik ishlarni tashkil etish bilan bogʻliq amaliy ishlar joyiga chiqqan holda koʻrib chiqildi.
Oʻrganishlar jarayonida mahallada yashovchi oilalar bilan ham bevosita muloqot oʻtkazilib, ularning kundalik hayotida uchrayotgan muammo va ehtiyojlari aniqlandi. Ularni bartaraf etish maqsadida tegishli yoʻnalishlar boʻyicha amaliy yordam koʻrsatilib, oilalarni qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq vazifalar belgilab olindi.
Post #74586
1.62K





