TGViewer
O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali @customschannel · 24.7K subscribers
Post #74612 1.89K
Guliston shahrida kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar izchil davom etmoqda

Bojxona qo‘mitasi Raisi o‘rinbosari N.Musamuxamedov Guliston shahrida kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

O‘rganishlar davomida shaharning “Bo‘ston” mahallasida aholi farovonligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga alohida e’tibor qaratildi. Mahallada 11 750 nafar aholi istiqomat qiladi va 2 810 ta xonadon mavjud.

Shuningdek, “Baxt” mahallasidagi ijtimoiy-iqtisodiy holat ham o‘rganildi. Mahallada 3 278 nafar aholi istiqomat qiladi. Hududda 31 ta ko‘cha, 714 ta xonadon va 745 ta oila bor.

Mahallalarda aholi bandligini ta’minlash, oilaviy daromadlarni oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

O‘rganishlar davomida aniqlangan muammolarni bartaraf etish, aholi daromadlarini oshirish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.
More from @customschannel
  1. Sep 30, 2026Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun ham fan olimpiadalari yo‘lga qo‘yiladi. Kelasi yildan…
  2. Sep 30, 2026Iqtisodiyotni texnologik va innovatsion o‘sish modeliga o‘tkazish uchun bolalar matematika…
  3. Sep 30, 2026Prezidentimiz ma’rifatparvar Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Maktab – taraqqiyotning boshlang‘ic…
  4. Sep 30, 2026Muallimning qadri va obro‘sini yuksaltirish natijasida sohaga ko‘plab malakali pedagoglar…
  5. Sep 30, 2026Ta’lim islohotlarining natijalari xalqaro baholash va o‘quvchilar yutuqlarida ham ko‘rinay…
  6. Sep 30, 2026Prezidentimiz yangi avlod darsliklarini yaratish ishlari 2018-yilda boshlanganini esladi.…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →