Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasida Bojxona qo'mitasining xorijdagi rasmiy vakillari hamda tadbirkorlar ishtirokida onlayn uchashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda tadbirkorlik sub’ektlarining eksport va import operatsiyalarini amalga oshirish, tovarlarni olib kirish va olib chiqishda bojxona rasmiylashtiruvi, temir-yo‘l va transport-logistika jarayonlari, tovarlarning kelib chiqishini tasdiqlash, zarur hujjatlarni rasmiylashtirish masalalariga e'tibor qaratildi.
Shuningdek, tashqi savdo operatsiyalarida o‘zaro axborot almashinuvi hamda boshqa yo‘nalishlarda mavjud masalalari bo‘yicha bildirilgan taklif va murojaatlar xorijiy vakillar e’tiboriga yetkazilib, ularni hal etish bo‘yicha amaliy yondashuvlar muhokama qilindi.
Shu bilan birga, kelgusida Sirdaryo viloyatidagi tadbirkorlik subyektlarining xorijiy hamkorlar bilan to'g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarini rivojlantirish, tashqi savdo operatsiyalari hajmini oshirish, eksport salohiyatini kengaytirish hamda bojxona sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash ishlarni tizimli ravishda davom ettirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Bildirilgan takliflar va kelishuvlar asosida aniqlangan masalalarni tegishli tartibda ko‘rib chiqish hamda ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar belgilab olindi.
Post #74602
2.99K







