TGViewer
O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali @customschannel · 24.7K subscribers
Post #74700 2.57K
“1-oktyabr – O'qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan Bojxona institutida “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri boʻlib oʻtdi

Unda Bojxona qoʻmitasi Raisining maskahatchilari, bojxona organlarida uzoq yillar samarali faoliyat yuritgan faxriylar hamda institut professor-oʻqituvchilari ishtirok etdi.

Bayram munosabati bilan Bojxona qoʻmitasi Raisi A.Mavlonovning ustozlarga yoʻllagan tabrigini Rais maslahatchisi R.Kabulov oʻqib eshittirdi. Tadbir davomida ustoz va murabbiylarning bojxona sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash, yosh avlodga bilim va tajriba berishdagi xizmatlari alohida eʼtirof etildi.

Tadbir davomida turli yillarda Bojxona qoʻmitasi Raisi sifatida samarali xizmat qilgan general-mayor R.Haydarov va polkovnik Z.Dusanovga "Bojxona institutining faxriy professori" unvoni tantanali ravishda topshirildi.

Bayram dasturxoni atrofida 100 nafardan ortiq faxriylar jam boʻlib, oʻzlarining boy xizmat tajribasi, sohaga oid xotiralari va bugungi yangilanishlar haqida fikr almashdilar. Avlodlar uchrashuvida faxriylarning hayotiy va kasbiy tajribasi yosh xodimlar bilan oʻrtoqlashildi.

Oʻzaro muloqotlarda faxriylar yurtimizda ustoz va murabbiylarga, soha fidoyilariga koʻrsatilayotgan eʼtibor va gʻamxoʻrlikni alohida taʼkidlab, oʻz minnatdorliklarini bildirishdi.

Tadbir davomida Bojxona institutining Ashula va raqs ansambli xonandalari tomonidan ijro etilgan kuy-qoʻshiqlar yigʻilganlarga bayramona kayfiyat ulashdi.
More from @customschannel
  1. Sep 30, 2026Bayramingiz muborak, aziz ustozlar!
  2. Sep 30, 2026XX Yozgi Osiyo o‘yinlarida munosib ishtirok etib qaytgan sportchilarimizning birinichi gur…
  3. Sep 30, 2026KUN NAFASI Bojxona institutida ustozlarga ehtirom ko’fsatildi!
  4. Sep 30, 2026Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik — Поздравление учителям и наставникам Узбе…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →