TGViewer
O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali @customschannel · 24.7K subscribers
Post #74581 1.36K
#bojxonachi_tadbirkor_tayanchi

Namangan viloyati bojxona boshqarmasida Rossiya Federatsiyasiga mahsulot eksport qiluvchi tadbirkorlar ishtirokida amaliy uchrashuv o‘tkazildi.


Uchrashuvni Namangan viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i J.Fayzullayev ochib, eksportyor tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tashqi bozorlarga chiqishida yuzaga kelayotgan masalalarni o‘rganish hamda muammolarni amaliy hal etish muhimligini ta’kidladi.

Tadbirda Bojxona qo‘mitasining Rossiya Federatsiyasidagi rasmiy vakili R.Akramov videokonferensiya orqali ishtirok etdi.

Muloqot davomida O‘zbekiston mahsulotlarini Rossiya bozoriga eksport qilish jarayonida yuzaga kelayotgan masalalar, bojxona rasmiylashtiruvi, tovarlarni yetkazib berish, zarur hujjatlarni rasmiylashtirish hamda ikki davlat bojxona organlari o‘rtasidagi hamkorlik bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, tadbirkorlar tomonidan eksport faoliyatida duch kelayotgan amaliy muammolar yuzasidan savollar berilib, ularni hal etish bo‘yicha takliflar bildirildi. Xususan, Rossiya Federatsiyasiga amalga oshirilgan eksport operatsiyalari bo‘yicha yuzaga kelgan debitor qarzdorliklarini undirishda amaliy yordam ko‘rsatish masalasida murojaat qilindi. Mazkur murojaat yuzasidan tegishli tushuntirish va tavsiyalar berilib, masalani o‘rganish hamda amaliy ko‘mak ko‘rsatish imkoniyatlari muhokama qilindi.


Uchrashuv yakunida eksport jarayonlarini yanada takomillashtirish, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash hamda Rossiya bozoriga mahsulot yetkazib berishda yuzaga kelayotgan masalalarni hal etish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.
More from @customschannel
  1. Sep 29, 2026Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasida Bojxona qo'mitasining xorijdagi rasmiy vakillari h…
  2. Sep 29, 2026#VIO_Ishonch_Tezlik_Qulaylik_Rivojlanish Jizzaxda tadbirkorlik subyektlari vakillariga vak…
  3. Sep 29, 2026#Xavfsiz_mahalla Sergeli tumanida “Xavfsiz mahalla” dasturi doirasida manzilli ishlar amal…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →