TGViewer
O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali @customschannel · 24.7K subscribers
Post #74565 1.03K

Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov

Prezidentimiz shaxmat va parashaxmat olimpiadalarining g‘olib va sovrindorlari hamda ularning murabbiylarini rag‘batlantirish bo‘yicha qaror qabul qilganini ma’lum qildi. Unga muvofiq, chempionlar Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov, Nodirbek Yoqubboyev, Muhiddin Madaminov va Shamsiddin Vohidov uy-joy va avtomobil bilan taqdirlanadi.

Parashaxmatchilar Ahadxon Kimsanboyev, Marsel Shoyusupov, Sardorbek Mamarajabov, Selbi Kakishova va Sirojiddin Zayniddinovga ham uy-joy va avtomobil beriladi. Terma jamoalar bosh murabbiylari Rustam Qosimjonov va Samandar Shermuxammadov avtomobil bilan mukofotlanadi.

Olimpiada chempioni bo‘lgan har bir shaxmatchi 200 ming dollar, ularning murabbiylari 50 ming dollar miqdorida pul mukofoti oladi. Bronza medalini qo‘lga kiritgan har bir parashaxmatchiga 50 ming dollar, ularning murabbiylariga 12 ming 500 dollardan beriladi.

– Shaxmatchi va parashaxmatchilarimiz bugunning o‘zida yangi mashinalarini haydab, yangi uylariga kirib borishadi,

– dedi davlatimiz rahbari.

Shu tariqa g‘olib va sovrindorlarning mehnati munosib rag‘batlantirilmoqda.

Facebook|Instagram|X
More from @customschannel
  1. Sep 29, 2026Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasida Bojxona qo'mitasining xorijdagi rasmiy vakillari h…
  2. Sep 29, 2026#VIO_Ishonch_Tezlik_Qulaylik_Rivojlanish Jizzaxda tadbirkorlik subyektlari vakillariga vak…
  3. Sep 29, 2026#Xavfsiz_mahalla Sergeli tumanida “Xavfsiz mahalla” dasturi doirasida manzilli ishlar amal…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →