TGViewer
O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali @customschannel · 24.7K subscribers
Post #74561 970

Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov

Prezidentimiz keyingi maqsadni shunday belgiladi:
“Yangi O‘zbekistonni nafaqat Olimpiada chempioni, balki dunyo shaxmat markaziga aylantiramiz”.

Davlatimiz rahbari buning uchun mamlakatimizda natija, tajriba va yoshlarga namuna bo‘ladigan chempionlar borligini ta’kidladi.

Shaxmatchilarimizning Olimpiadadagi har bir g‘alabasi va yurishini yurtimizda millionlab bolalar kuzatdi. Prezidentimiz ulardan ilhomlangan yana minglab yoshlar shaxmat taxtasi oldiga o‘tirganiga ishonch bildirdi.

– Sizlar endi faqat sportchi emassizlar. Sizlar Yangi O‘zbekiston yoshlari uchun aql, bilim, sabr, intizom va g‘alabaga ishonch timsolisizlar,

– dedi davlatimiz rahbari chempionlarga murojaat qilib.

Shu bois, har bir viloyat, tuman va mahallada iqtidorli bolalarni erta aniqlash, ularni kuchli ustozlarga biriktirish va xalqaro turnirlarda muntazam qatnashishiga sharoit yaratish zarurligi ta’kidlandi. Qizlar shaxmati va parashaxmatni rivojlantirish bo‘yicha alohida tizim tashkil etiladi.

Facebook|Instagram|X
More from @customschannel
  1. Sep 29, 2026Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasida Bojxona qo'mitasining xorijdagi rasmiy vakillari h…
  2. Sep 29, 2026#VIO_Ishonch_Tezlik_Qulaylik_Rivojlanish Jizzaxda tadbirkorlik subyektlari vakillariga vak…
  3. Sep 29, 2026#Xavfsiz_mahalla Sergeli tumanida “Xavfsiz mahalla” dasturi doirasida manzilli ishlar amal…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →