TGViewer
O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali @customschannel · 24.7K subscribers
Post #74559 1.35K

Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov

Prezidentimiz har bir chempion ortida uning ota-onasi, birinchi ustozi, murabbiylari va qo‘llab-quvvatlagan butun bir jamoa turishini ta’kidladi. Shu bois, mazkur g‘alaba ularning ham mehnati samarasidir.

Davlatimiz rahbari Rustam Qosimjonovga alohida murojaat qildi. Uning jahon chempionligi o‘zbek shaxmatida yangi davrni boshlab bergani, bugun esa orttirgan tajribasi yangi avlodga o‘tayotgani qayd etildi.

– Ustozning eng katta g‘alabasi – shogirdlarining undan ham baland marralarga chiqishidir!

– dedi Prezidentimiz hamda bugun o‘zbek shaxmatida ana shunday avlodlar davomiyligi yaqqol ko‘rinayotganini ta’kidladi.

O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi FIDE tomonidan "Eng yaxshi federatsiya" deb e’tirof etildi. Rustam Qosimjonov FIDEning faxriy vitse-prezidenti, Hulkar Tohirjonova esa Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy prezidenti etib saylandi.

Davlatimiz rahbari bu e’tiroflarni O‘zbekistonning shaxmat mamlakati sifatida jahondagi nufuzi yuksalayotganining yana bir dalili sifatida baholadi.

Facebook|Instagram|X
More from @customschannel
  1. Sep 30, 20261-oktyabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan hududlarda bayram tadbirlari davom…
  2. Sep 30, 2026#Xavfsiz_mahalla Sergeli tumanidagi mahallalarda kriminogen vaziyatning oldini olish masal…
  3. Sep 30, 2026“Yosh bojxonachi” tanlovining hududiy bosqichlari o‘tkazilmoqda. @yangidavr_rasmiy
  4. Sep 30, 2026Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi rahbariyati tomonidan ehtiyojmand oilalar holidan xa…
  5. Sep 30, 2026#xalqaro_hamkorlik KUN NAFASI! Bojxona qo'mitasi mas'ullari poytaxtimizda ilk bor o'tkazil…
  6. Sep 30, 20261-oktyabr – Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan maktablarda tashkil qilingan bayram…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →