TGViewer
O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali @customschannel · 24.6K subscribers
Post #74683 2.12K
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi rahbariyati tomonidan ehtiyojmand oilalar holidan xabar olindi

Ma'lumki, Prezidentimiz raisligida joriy yil 3-sentyabr kuni kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgan edi.

Yig‘ilishda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, hududlarda aholining ijtimoiy-iqtisodiy holatini o‘rganish hamda ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Toshkent viloyatining Parkent tumanidagi "Hurriyat" mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi rahbariyati boshchiligidagi xodimlar tomonidan mahalladagi daromadi past oilalarning holidan xabar olinib, ularning mavjud muammolari xonadonbay o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida oilalarning bandligi, daromad manbalari, mavjud imkoniyatlari yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, oila vakillariga moddiy yordamlar ko'rsatildi.
More from @customschannel
  1. Oct 1, 2026Bojxona institutida «Uch avlod uchrashuvi» o‘tkazildi 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiyla…
  2. Oct 1, 2026Bojxona institutida bayram munosabati bilan “Uch avlod uchrashuvi” tashkil qilindi.
  3. Oct 1, 2026Bayramingiz muborak boʻlsin, aziz ustozlar! 16:00 1.10.2026 😎 Telegram 😎 Instagram▶ You…
  4. Oct 1, 2026Prezident Shavkat Mirziyoyev: "O‘qituvchining qadri ulug‘langan yurtda ilmga intilish, qon…
  5. Oct 1, 2026📚 Ustozdan — shogirdga, avloddan — avlodga! Kasbni kitobdan o‘rganish mumkin. Ammo uning…
  6. Oct 1, 2026MEN UCHUN USTOZ... Ustoz — faqat bilim bergan inson emas. U — yo‘l ko‘rsatgan, ishonch ber…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →