TGViewer
O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali @customschannel · 24.7K subscribers
Post #74688 1.9K
#Xavfsiz_mahalla

Sergeli tumanidagi mahallalarda kriminogen vaziyatning oldini olish masalalari muhokama qilindi


Bojxona qo‘mitasi hamda Toshkent shahar bojxona boshqarmasi mas’ullari tomonidan Sergeli tumanidagi “Madadkor” mahallasida fuqarolar ishtirokida kriminogen vaziyatning oldini olishga qaratilgan targ'ibot uchrashuvi o‘tkazildi.

Unda mahallada osoyishtalikni ta’minlash, jamoat tartibiga rioya etish, jamoat joylarida fuqarolarning xavfsizligiga e’tiborni kuchaytirish hamda huquqbuzarliklarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Yig‘ilish davomida mahalladagi mavjud muammolar va fuqarolarni tashvishga solayotgan masalalar ham o‘rganildi. Jumladan, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha fuqarolar tomonidan bildirilgan takliflar muhokama qilindi. Ayrim hududlarda “Signal chalish taqiqlanadi” belgisi o‘rnatilganiga qaramay, haydovchilar tomonidan ushbu talabga rioya etilmayotgani qayd etildi.

Shuningdek, maktab joylashgan ko‘chada transport harakatini bir tomonlama tashkil etish, mahalla hududidagi kuzatuv kameralarini ko‘paytirish hamda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha choralarni ko‘rish masalalari yuzasidan takliflar bildirildi.


Uchrashuv yakunida mahallada huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini ta’minlash hamda fuqarolarning murojaat va takliflarini o‘rganish borasidagi ishlarni hamkorlikda davom ettirish yuzasidan vazifalar belgilab olindi.
More from @customschannel
  1. Sep 30, 2026Bayramingiz muborak, aziz ustozlar!
  2. Sep 30, 2026XX Yozgi Osiyo o‘yinlarida munosib ishtirok etib qaytgan sportchilarimizning birinichi gur…
  3. Sep 30, 2026KUN NAFASI Bojxona institutida ustozlarga ehtirom ko’fsatildi!
  4. Sep 30, 2026“1-oktyabr – O'qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan Bojxona institutida “Uch avl…
  5. Sep 30, 2026Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik — Поздравление учителям и наставникам Узбе…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →