1-oktyabr – Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan maktablarda tashkil qilingan bayram tadbirlarida hududiy bojxona boshqarmalari mas'ullari ishtirok etishdi.
Xususan, Namangan, Andijon, Farg‘ona, Jizzax, Buxoro, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida o‘tkazilgan tadbirlarda ta’lim-tarbiya yo‘lida samarali mehnat qilib kelayotgan ustoz va murabbiylar munosib e’zozlandi. Ularga hududiy bojxona boshqarmalarining tashakkurnomalari hamda esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.
Bayram tadbirlari davomida o‘quvchilar tomonidan ustoz va murabbiylarning mashaqqatli mehnati, yosh avlod tarbiyasidagi beqiyos o‘rni hamda jamiyat taraqqiyotiga qo‘shayotgan munosib hissasini tarannum etuvchi she’rlar, sahna ko‘rinishlari va kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.
Samimiy tilaklar, dil izhorlari va ko‘tarinki ruhdagi bayram dasturi tadbir ishtirokchilariga xush kayfiyat ulashib, ustoz va murabbiylarga bo‘lgan hurmat va ehtirom tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.
Post #74675
2.39K






