Ustoz eʼzozga loyiq
Har bir muvaffaqiyatimiz ortida bizga taʼlim bergan aziz ustozlarning mashaqqatli mehnati turibdi. Shuning uchun ham ular eʼzozga loyiq.
1 – oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Samarqand shahridagi 33-sonli umumtaʼlim maktabida tadbir boʻlib oʻtdi.
Unda taʼlim dargohida faoliyat yuritayotgan ustoz oʻqituvchi va murabbiylar ishtirok etishdi.
Tadbirda Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari ishtirok etib, boshqarma boshligʻining maktab jamoasiga yoʻllagan tabrik soʻzlarini oʻqib eshittirdi hamda yoshlarni ona Vatanga mehr va sadoqat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashdagi ibratli faoliyati uchun ustoz-murabbiylarga bojxonachilarning esdalik sovgʻalarini topshirdi.
Tadbirga oʻquvchi-yoshlar oʻzlarining badiiy chiqishlari bilan davraga fayz bagʻishladi.
Post #19463
157









- 👍 3