TGViewer
O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali @customschannel · 24.7K subscribers
Post #74436 3.06K
“Bojxona mergani” musobaqasi gʻoliblari aniqlandi

Sohada xizmat qilayotgan xodimlarning jangovar tayyorgarligini oshirish, ularning quroldan foydalanish boʻyicha amaliy koʻnikmalarini mustahkamlash maqsadida “Bojxona mergani” musobaqasi oʻtkazildi.

Musobaqada hududiy bojxona boshqarmalaridan saralab olingan xodimlar ishtirok etib, toʻpponcha va AK-74 avtomatidan otish boʻyicha bellashdilar. Ishtirokchilardan nafaqat nishonga aniq zarba berish, balki belgilangan vazifalarni tezkor va toʻgʻri bajarish ham talab etildi.

Bellashuvlar yakuniga koʻra, toʻpponchadan otish boʻyicha Toshkent shahar bojxona boshqarmasi xodimi A.Isxakov uchinchi, Fargʻona viloyati bojxona boshqarmasi xodimi A.Odilbekov ikkinchi, Bojxona qoʻmitasi xodimi Z.Umarov birinchi oʻrinni egalladi.

AK-74 avtomatidan otish boʻyicha esa Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi xodimi M.Mahmudov esa uchinchi, Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi xodimi J.Karimov ikkinchi, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xodimi E.Abduraxmonov esa birinchi oʻrinni qayd etdi.

Musobaqaning umumjamoa natijalariga koʻra, eng yuqori ball toʻplagan Fargʻona viloyati bojxona boshqarmasi jamoasi “Bojxona mergani” kubogi sohibi boʻldi.

Tadbirning taqdirlash marosimida Bojxona qoʻmitasi Raisi oʻrinbosari O.Choriyev soʻzga chiqib, xodimlarni erishgan natijalari bilan tabrikladi. Shuningdek, bojxona organlari xodimlarining jangovar va jismoniy tayyorgarligini muntazam ravishda oshirib borish, bu boradagi amaliy mashgʻulotlarni yanada takomillashtirish muhimligini taʼkidladi.

Yakunda musobaqada yuqori natijalarni qayd etgan gʻolib va sovrindorlar diplom hamda esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandi.
More from @customschannel
  1. Sep 26, 2026⚡️ Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining minbaridagi Saida Mirziyoyevaning nutqi xalqaro ha…
  2. Sep 26, 2026Bojxona qo‘mitasi Raisi shu kunning o‘zida “Sirdaryo” chegara bojxona postida ham bo‘ldi.…
  3. Sep 26, 2026Bojxona qo‘mitasi Raisi A.Mavlonov “Yallama” va “Sirdaryo” chegara bojxona postlarida bo‘l…
  4. Sep 26, 2026#INVESTORLARGA_KOʻMAK Investitsiya loyihalaridagi muammolar joyida o‘rganilmoqda Bojxona q…
  5. Sep 26, 202609:00 26.09.2026 “EKSPORT UCH QADAMDA” TIZIMI SAMARA BERMOQDA #Farg‘ona muxbir: Islom Nish…
  6. Sep 26, 2026#Maxsus_reportaj | 26.09.2026 O'zbekiston - Xitoy: Bojxona sohasidagi hamkorlikning yangi…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →