TGViewer
O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali @customschannel · 24.7K subscribers
Post #74430 2.82K
#bojxona_dunyo_buylab

BOJXONA: DUNYO BO‘YLAB!

O‘zbekiston — Rossiyaga mavsumiy mevalar yetkazib beruvchi asosiy davlatlardan biri
2026 yil may–sentyabr oylarida Moskvadagi Domodedovo bojxonasi tomonidan 700 tonnadan ortiq import meva va rezavor mevalar bojxona nazoratidan o‘tkazildi. Mavsum boshida, xususan may oyida, 528 tonna olcha, gilos va o‘rik import qilingan bo‘lib, ularning qariyb 50 foizi O‘zbekiston hissasiga to‘g‘ri kelgan.


Ziravorlar ortilgan yuk orasidan 79,7 kg marixuana aniqlandi

Ozarbayjonning Astara bojxona idorasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv va bojxona nazorati tadbirlari natijasida yirik miqdordagi giyohvandlik vositasining tranzit yo‘l bilan mamlakat hududidan olib o‘tilishiga chek qo‘yildi. Erondan Rossiyaga xalq tabobati va pazandalikda keng qo‘llaniladigan ziravorlar olib ketayotgan yuk avtomashinasi bojxona nazoratiga jalb qilinib, rentgen qurilmasi hamda xizmat iti yordamida tekshirildi. Tekshiruv davomida yuk orasida yashirilgan 230 ta qadoqdan sof og‘irligi 79 kg 740 gramm bo‘lgan marixuana aniqlandi.


Kanada–AQSH chegarasida 215,5 kg kokain musodara qilindi

Kanadaning Alberta provinsiyasidagi Coutts chegara nazorat punktida AQSHdan kirib kelayotgan ikki yuk avtomashinasi tekshiruvdan o‘tkazilib, jami 215,5 kilogramm kokain aniqlandi. Xavfni baholash va ikkinchi bosqichdagi chuqurlashtirilgan tekshiruv natijasida yirik partiyadagi narkotik moddalarning mamlakat hududiga kirib kelishi oldi olindi.


Gonkong aeroportida narkotik moddalar olib kirishga urinishlar fosh etildi

Gonkong bojxonachilari Tayland va Malayziyadan kelgan yo‘lovchilarning narkotik moddalarni mamlakat hududiga olib kirishga bo‘lgan bir necha urinishlariga chek qo‘ydi. Narkotiklarning bir qismi poyabzal ichiga yashirilgan holda tashilgan bo‘lib, ularning qora bozordagi umumiy qiymati yuz minglab dollarga baholanmoqda. Bojxona xodimlari xavf tahlili va manzilli nazorat usullaridan samarali foydalangan.


Meksikada 27 tonnadan ortiq kimyoviy modda ushlab qolindi

Meksikaning Lázaro Cárdenas bojxona postida Xitoydan kelgan import yuki tekshirilib, 27,2 tonnadan ortiq tartar kislotasi aniqlandi. Mutasaddilar ushbu moddaning sintetik narkotiklar ishlab chiqarishida qo‘llanilishi mumkinligini inobatga olgan holda yukni musodara qilish choralarini ko‘rishgan. Operatsiyada bojxona organlari bilan bir qatorda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar ham ishtirok etgan.


Nigeriyada qariyb 1,9 tonna kannabis musodara qilindi
Nigeriya bojxona xizmati avgust oyining o‘rtalaridan sentyabr oyiga qadar o‘tkazilgan maxsus tadbirlar davomida qariyb 1,9 tonna kannabis ushlab qolinganini maʼlum qildi. Masʼullar mazkur narkotik vositalarning noqonuniy aylanishi jamoat xavfsizligi uchun jiddiy tahdid ekanini taʼkidlab, aholi va ommaviy axborot vositalarini profilaktika ishlarini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.


Pokistonda yirik miqdordagi qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar ushlab qolindi
Pokiston bojxonachilari Yarik nazorat postida qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar ortilgan transport vositasini to‘xtatib qoldi. Tekshiruv davomida 176 dona miltiq va to‘pponcha, shuningdek, 870 dona o‘q va patron musodara qilingan. Musodara qilingan tovarlarning umumiy qiymati 32 million rupiyga baholanmoqda.
More from @customschannel
  1. Sep 26, 2026⚡️ Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining minbaridagi Saida Mirziyoyevaning nutqi xalqaro ha…
  2. Sep 26, 2026Bojxona qo‘mitasi Raisi shu kunning o‘zida “Sirdaryo” chegara bojxona postida ham bo‘ldi.…
  3. Sep 26, 2026Bojxona qo‘mitasi Raisi A.Mavlonov “Yallama” va “Sirdaryo” chegara bojxona postlarida bo‘l…
  4. Sep 26, 2026#INVESTORLARGA_KOʻMAK Investitsiya loyihalaridagi muammolar joyida o‘rganilmoqda Bojxona q…
  5. Sep 26, 202609:00 26.09.2026 “EKSPORT UCH QADAMDA” TIZIMI SAMARA BERMOQDA #Farg‘ona muxbir: Islom Nish…
  6. Sep 26, 2026#Maxsus_reportaj | 26.09.2026 O'zbekiston - Xitoy: Bojxona sohasidagi hamkorlikning yangi…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →