TGViewer
O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali @customschannel · 24.7K subscribers
Post #74422 2.6K
Yigʻilganlarga kun tartibidagi mavzular yuzasidan Bojxona qoʻmitasi boshqarma boshliqlari F.Olimjonov, J.Isomurodov hamda bosh inspektorlar Sh.Yusupov, F.Boltaboyevlar batafsil koʻrgazmali taqdimotlarni amalga oshirishdi.

Davra suhbati dasturidan oʻrin olgan mavzular tahlili shuni koʻrsatadiki, bugungi kunda bojxona sohasini raqamlashtirish, tartib-taomillarni soddalashtirish va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish ustuvor vazifalardan hisoblanadi:

Muhokamalarning asosiy qismi Prezidentimizning 2026-yil 27-avgustdagi “Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish va bojxona maʼmuriyatchiligiga zamonaviy yondashuvlarni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-174-son Farmoni ijrosiga bagʻishlanadi. Bu bojxona nazoratini maqbullashtirish va ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilashda muhim qadam hisoblanadi.

Tranzit deklaratsiyalarini rasmiylashtirishda Xavfni boshqarish tizimi tomonidan aniqlangan huquqbuzarlik holatlarida tadbirkorlar va brokerlar uchun huquqiy himoyani taʼminlash, tovarlar chiqarib yuborilgandan keyingi nazorat va bojxona auditini oʻtkazish, maishiy texnikalarning energosamaradorlik sinfini aniqlash hamda sertifikatsiyalash jarayonlarini soddalashtirish kabi masalalar muhokamalar markazida boʻldi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga masʼul mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.
More from @customschannel
  1. Sep 26, 2026⚡️ Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining minbaridagi Saida Mirziyoyevaning nutqi xalqaro ha…
  2. Sep 26, 2026Bojxona qo‘mitasi Raisi shu kunning o‘zida “Sirdaryo” chegara bojxona postida ham bo‘ldi.…
  3. Sep 26, 2026Bojxona qo‘mitasi Raisi A.Mavlonov “Yallama” va “Sirdaryo” chegara bojxona postlarida bo‘l…
  4. Sep 26, 2026#INVESTORLARGA_KOʻMAK Investitsiya loyihalaridagi muammolar joyida o‘rganilmoqda Bojxona q…
  5. Sep 26, 202609:00 26.09.2026 “EKSPORT UCH QADAMDA” TIZIMI SAMARA BERMOQDA #Farg‘ona muxbir: Islom Nish…
  6. Sep 26, 2026#Maxsus_reportaj | 26.09.2026 O'zbekiston - Xitoy: Bojxona sohasidagi hamkorlikning yangi…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →