TGViewer
O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali @customschannel · 24.7K subscribers
Post #74274 2.86K
“Bojxona mergani” ishtirokchilari musobaqa oldidan tayyorgarlikdan oʻtkazildi

Joriy yilning 25-sentyabr kuni bojxona organlari xodimlari oʻrtasida oʻq otish boʻyicha “Bojxona mergani” musobaqasi oʻtkaziladi. Unda hududiy bojxona boshqarmalaridan saralab olingan xodimlar ishtirok etadi.

Musobaqa oldidan xodimlarning jangovar va jismoniy tayyorgarligi, oʻq otish boʻyicha bilim va koʻnikmalari sinovdan oʻtkazish maqsadida Bojxona qoʻmitasining Harbiy safarbarlik, jangovar tayyorgarlik va qoʻriqlash boshqarmasi mas'ullari tomonidan ishtirokchilar uchun maxsus tayyorgarlik mashgʻulotlari tashkil etildi.

Mashgʻulotlar davomida xodimlarga quroldan foydalanishning huquqiy asoslari, xavfsizlik qoidalari, qurolni toʻliqsiz qismlarga ajratish va qayta yigʻish tartibi boʻyicha zarur tushuncha va koʻnikmalar berildi. Shuningdek, ularning amaliy tayyorgarligi oʻquv qurollari yordamida sinovdan oʻtkazildi.

Eslatib oʻtamiz, ertaga ishtirokchilar oʻq otish boʻyicha oʻz mahoratlarini namoyish etadi. Musobaqa yakunida eng yuqori natijalarni qayd etgan gʻolib va sovrindorlar aniqlanib, Bojxona qoʻmitasi rahbariyati tomonidan munosib taqdirlanadi.
More from @customschannel
  1. Sep 26, 2026#Maxsus_reportaj | 26.09.2026 O'zbekiston - Xitoy: Bojxona sohasidagi hamkorlikning yangi…
  2. Sep 26, 2026#Xavfsiz_mahalla Sergeli tumani “Eshonbuloq” MFYda fuqarolarning murojaatlarini joyida oʻr…
  3. Sep 26, 2026#tezkor Fargʻonada bojxonachilar tomonidan tarkibida “sibutramin” kuchli taʼsir qiluvchi m…
  4. Sep 26, 2026“Bojxona mergani” musobaqasi gʻoliblari aniqlandi Sohada xizmat qilayotgan xodimlarning ja…
  5. Sep 26, 2026#bojxona_dunyo_buylab BOJXONA: DUNYO BO‘YLAB! O‘zbekiston — Rossiyaga mavsumiy mevalar yet…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →