“Chuqursoy” TIF bojxona postida qonunbuzilish holatlari aniqlandi
Toshkent shahar bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish bo'limi xodimlari tomonidan “Chuqursoy” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida yurtimizdagi tadbirkorlik subyektlaridan birining nomiga keltirilgan tovarlarni bojxona koʻrigidan oʻtkazish davomida qonunbuzilish holati fosh qilindi.
Aniqrogʻi, Xitoydan keltirilgan freonlar bojxona koʻrigi doirasida ekspertizadan oʻtkazildi. Natijada Markaziy bojxona laboratoriyasi hamda Toshkent shahar ekologiya va iqlim oʻzgarishi bosh boshqarmasining xulosalariga koʻra, mazkur tovarlar azon qatlamini buzuvchi moddalar turlariga kiruvchi R22 freon ekanligi aniqlandi.
Vaxolanki, mazkur turdagi tovarni import qilishda belgilangan tartibda ruxsatnoma talab etiladi. Shunday qilib, ozon qatlamini yemiruvchi 2130 dona ballondagi 7,2 tonnadan ziyod freonning noqonuniy tartibda olib kirilishi oldi olindi.
Faqatgina shu emas, tovarlar orasidagi 150 dona sovitish tizimlari uchun moʻljallangan nasoslar ham hujjatlarda qayd etilmagani aniqlandi va qiymati 787 mln. soʻmdan ziyod mazkur tovarlar vaqtincha saqlovga olindi.
Mazkur postda aniqlangan yana bir holatda esa 4 tonnaga yaqin tayyor biologik faol qoʻshimchalarni hujjatlarda 441 ming AQSH dollari qiymatidagi Ganoderma oʻsimligi ekstrakti sifatida koʻrsatib olib kirishga urinishning oldi olindi.
Malayziyadan keltirilgan mazkur tovarlar aslida 35,6 ming donadan ziyod tayyor biologik faol qoʻshimcha ekanligi maʼlum boʻldi. Va ularning umumiy qiymati dastlabki hisob-kitoblarga koʻra 7 mlrd. soʻmdan oshmoqda.
Hujjatlarda tovar nomini notoʻgʻri koʻrsatish orqali yuk egalari 1,7 mlrd. soʻm qiymatidagi bojxona toʻlovlaridan qochishga urinishgan.
Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.
Post #74238
2.51K




