TGViewer
O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali @customschannel · 24.8K subscribers
Post #74225 1.59K
#giyohvandlikka_qarshi_kurash

Toʻrtkoʻl tumanidagi xonadonlardan “geroin” va “opiy” giyohvandlik vositalari topildi


Qoraqalpogʻiston respublikasi bojxona boshqarmasi kontrabandaga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari hamda davlat xavfsizlik xizmati, ichki ishlar va milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda toʻrtkoʻl tumanida tezkor tadbir oʻtkazildi.

Tadbir davomida tuman hududida yashovchi fuqaroning xonadonidan bir dona gugurt qutisiga joylangan, ogʻirligi 1,21 gramm “geroin” giyohvandlik vositasi aniqlandi.

Mazkur hududda oʻtkazilgan yana bir holatda esa boshqa bir shaxsning yashash xonadonidan ogʻirligi 82,3 gramm “opiy” giyohvandlik vositasi topildi.

Ushbu narkotik moddalar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi va holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
More from @customschannel
  1. Sep 24, 2026Toshkent viloyati bojxona boshqarmasida zamonaviy talablar asosida jihozlangan “Maxsus sur…
  2. Sep 24, 2026“Chuqursoy” TIF bojxona postida qonunbuzilish holatlari aniqlandi Toshkent shahar bojxona…
  3. Sep 24, 2026#Yengil_atletika Qarshi shahrida ommaviy yugurish musobaqasi yuqori saviyada tashkil etild…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →