TGViewer
O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali @customschannel · 24.7K subscribers
Post #74231 2.13K
#Yengil_atletika

Qarshi shahrida ommaviy yugurish musobaqasi yuqori saviyada tashkil etildi


Qarshi shahrida aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, jismoniy faollikni oshirish hamda sportga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirishga qaratilgan keng ko‘lamli ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Erta tongdan boshlangan sport tadbiri O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi, Qashqadaryo viloyati hokimligi, viloyat bojxona boshqarmasi, viloyat Sport boshqarmasi, viloyat Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi hamda qator hamkor tashkilotlar hamkorligida tashkil etildi.

“Talaba-yugur” va “Harbiy yugur” shiorlari ostida o‘tkazilgan mazkur ommaviy sport tadbiri ishtirokchilarda sog‘lom hayot tarziga bo‘lgan intilishni kuchaytirish, yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, shuningdek, aholi o‘rtasida sport madaniyatini yuksaltirishga xizmat qildi.

Musobaqada talabalar, harbiy xizmatchilar, bojxona xodimlari hamda sport ixlosmandlari vakillaridan iborat 2 700 nafar ishtirokchi faol qatnashdi.

Yugurish jarayonida ishtirokchilar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, shijoati va sportga bo‘lgan qiziqishini namoyon etib, tadbirga o‘zgacha ko‘tarinki ruh bag‘ishladilar. Musobaqa davomida sog‘lom raqobat muhiti hukm surib, ishtirokchilar belgilangan masofani yuqori kayfiyat va katta ishtiyoq bilan bosib o‘tdilar.

Tadbir yakunida yugurishda yuqori natijalarni qayd etgan hamda faol ishtirok etgan sportchilar va ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan pul mukofotlari hamda esdalik sovg‘alari bilan munosib taqdirlandilar.


Bunday ommaviy sport tadbirlarining muntazam tashkil etilishi yurtdoshlarimizni faol hayot tarziga keng jalb etish, yosh avlodni sportga oshno qilish hamda jamiyatda sog‘lom va faol turmush tarzini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
More from @customschannel
  1. Sep 26, 2026Yigʻilganlarga kun tartibidagi mavzular yuzasidan Bojxona qoʻmitasi boshqarma boshliqlari…
  2. Sep 26, 2026Ayni daqiqalarda poytaxtimizda Bojxona qoʻmitasi va Bojxona brokerlari assotsiatsiyasi ham…
  3. Sep 26, 2026#Ахборот24 | 25.09.2026 Сотрудниками таможенных органов пресечена попытка незаконного обор…
  4. Sep 26, 2026#Axborot24 | 25.09.2026 Bojxona xodimlari 95 kg. gashishning noqonuniy aylanmasiga chek qo…
  5. Sep 26, 202626-sentyabr – Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kuni! Bojxona qo‘mitasi Rahbar…
  6. Sep 25, 2026🟦🟦🟦 95 kilogramm giyohvandlik moddasining noqonuniy aylanmasiga chek qo'yildi ⚡️ 13:00…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →