Toshkent viloyati bojxona boshqarmasida zamonaviy talablar asosida jihozlangan “Maxsus surishtiruv xonasi” foydalanishga topshirildi
Tadbirda Bojxona qo‘mitasi raisi o‘rinbosari O.Choriyev, Surishtiruv va ma’muriy amaliyot boshqarmasi boshlig‘i A.Axlimirzayev hamda Toshkent viloyati prokuraturasi mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.
Ta’kidlanganishicha, yangidan tashkil etilgan maxsus surishtiruv xonasi jinoyat protsessida fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, tergovga qadar tekshiruv hamda surishtiruv ishlarini sifatli va samarali tashkil etish, shuningdek, ushbu jarayonlarning shaffofligini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Хonada surishtiruv jarayonlarining samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan zamonaviy talablar va zarur texnik imkoniyatlar yaratilgan.
Tadbir davomida bojxona organlarida qonun ustuvorligini ta’minlashga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh surishtiruvchi xodimlar munosib taqdirlandi.
Post #74243
1.88K







