TGViewer
O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali @customschannel · 24.7K subscribers
Post #74265 1.24K
#bojxonachi_tadbirkor_tayanchi

Bojxona qoʻmitasida metall quvurlarni ishlab chiqaruvchi va import qiluvchi tadbirkorlar hamda nazorat organlari vakillari ishtirokida uchrashuv oʻtkazildi


Uchrashuvda Bojxona qoʻmitasi Raisi oʻrinbosari N. Musamuxamedov ishtirok etib, import qilinayotgan metall quvurlarni bojxonada toʻgʻri tasniflash, ularning sifati va xavfsizligini taʼminlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, masʼullar ayrim metall quvurlarni bojxonada tasniflash bilan bogʻliq holatlarga eʼtibor qaratishdi. Quvurlarni toʻgʻri tasniflash bojxona toʻlovlarini toʻgʻri hisoblash va mamlakatga sifatli mahsulotlar kirib kelishini taʼminlashda muhim ekani taʼkidlandi.

Ayniqsa, gaz, neft va issiqlik tarmoqlarida ishlatiladigan quvurlarning sifati va xavfsizligi muhim ahamiyatga ega. Shu bois, uchrashuvda metall quvurlarni sertifikatlash, import boj stavkalarini muvofiqlashtirish, mahsulotlar sifati va xavfsizligini taʼminlash hamda bojxonada ularni toʻgʻri tasniflash tartibini takomillashtirish boʻyicha takliflar ilgari surildi.

Tadbirkorlarga ushbu yoʻnalish boʻyicha oʻzlarini qiziqtirgan savollarga tushuntirishlar berilib, taklif va mulohazalari tinglandi.
More from @customschannel
  1. Sep 24, 2026“Bojxona mergani” ishtirokchilari musobaqa oldidan tayyorgarlikdan oʻtkazildi Joriy yilnin…
  2. Sep 24, 2026Vaziyat 24 | Naqd xorijiy valyutalarni yurtimizdan qing'ir yo'llar bilan olib chiqishni re…
  3. Sep 24, 2026329 dozaga teng giyohvandlik vositalari muomilasiga chek qo'yildi muxbir:Muhiddin Ergashev…
  4. Sep 24, 2026#Yoshlar_kuni Gulistonda maktab o'quvchilari bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →