#Yoshlar_kuni
Gulistonda maktab o'quvchilari bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi
Unda Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i N.Salimjonov maktabning bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan muloqot o'tkazib, bojxona xizmatining asosiy faoliyat yo‘nalishlari, ish jarayonlari hamda sohada yo‘lga qo‘yilgan zamonaviy interaktiv xizmatlar haqida batafsil ma’lumot berdi.
Shuningdek, bojxona organlarida xizmat qilayotgan yosh xodimlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, ishga qabul qilish tartibi, tanlov bosqichlari hamda taqdim etiladigan hujjatlar yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Bundan tashqari, Bojxona institutiga o‘qishga kirish tartibi, abituriyentlarga qo‘yiladigan talablar, hujjat topshirish jarayoni, tanlov bosqichlari hamda o‘qish davomida yaratilgan sharoitlar haqida ham qisqacha ma’lumot berildi.
Ochiq muloqot shaklida o‘tgan tadbirda o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javob oldilar.
Post #74259
2.21K





