TGViewer
🇺🇿Central Asian University 🇺🇿Central Asian University @cauofficialuz · 841 subscribers
Post #3475 158
🌸 EMPOWER yakuniy konferensiyasi: Ayol qudrati — bizning kelajagimiz

12-oktyabr kuni Central Asian Universityʼda Yevropa Ittifoqi hamkorligida moliyalashtirilgan hamda Erasmus+ dasturi doirasida tashkil etilgan “Xotin-qizlar o‘rtasida tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish” loyihasining yakuniy tadbiri — EMPOWER xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyani CAUʼning innovatsiyalar va ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha prorektori Shirin Yunusova kirish so‘zi bilan ochib berdi. So‘ng universitetdagi EMPOWER loyihasi koordinatori Janar Abuova taqdimot o‘tkazib, loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar haqida qisqacha ma’lumot berdi.

Asosiy ma’ruzachilar — Christina Armutlieva, Gerard Cullen, Alena Naumann, Val Racheeva, Dr. Sougand Akbarian hamda Jamshid Ali gender tengligi, ayollar tadbirkorligi, xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirishda tilning o‘rni hamda muhandislik sohasidagi ayollar mavzularida so‘z yuritdilar.

Dastur parallel sho‘balar bilan davom etdi. Unda CAU va hamkor tashkilotlar vakillari quyidagi olti yo‘nalish bo‘yicha o‘z ishlarini taqdim etdilar:
- Ayollar tadbirkorligi va iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish
- Raqamli transformatsiya, sun’iy intellekt va biznes
- Yetakchilik, martaba va davlat siyosati
- Ta’lim va gender
- Gender me’yorlari va jamiyat
- Salomatlik, farovonlik va tibbiyot sohasidagi ayollar

💜 EMPOWER yakuniy konferensiyasida faol ishtirok etgan barcha hamkorlarimiz, ma’ruzachilarimiz va qatnashchilarimizga samimiy minnatdorchilik bildiramiz!

🇬🇧 For reading in English
_____________________________________

💬Telegram 📱Instagram

📱Facebook 📹Youtube

📞 71-200-05-22, 71-208-12-34

💙 Kanalimizni qo'llab-quvvatlang!
  • ❤ 1
  • 👍 1
More from @cauofficialuz
  1. Oct 15, 2026🏆 CAU tibbiyot sohasida ilmiy nashrlar ko‘rsatkichi bo‘yicha O‘zbekistonda 1-o‘rinni egal…
  2. Oct 14, 2026🏆 CAU tibbiyot yo‘nalishidagi ilmiy nashrlar samaradorligi bo‘yicha 1-o‘rinni egalladi Ce…
  3. Oct 14, 2026🌸 EMPOWER yakuniy konferensiyasi: Ayol qudrati — bizning kelajagimiz 12-oktyabr kuni Cent…
  4. Oct 13, 2026🇹🇷🤝🇺🇿 Parodontologik jarrohlik va implantologiya bo‘yicha boy tajribasi bilan CAU Sto…
  5. Oct 13, 2026🤝 CAU talabalari va Tashkent Design Week o‘rtasida hamkorlik sari Central Asian Universit…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →