HMT Maktabi «Faxriy mehmonlar» turkumini ishga tushirayotganini mamnuniyat bilan e’lon qilamiz: har bir sessiyada CAU kampusiga o‘z sohasida ulkan muvaffaqiyatlarga erishgan bitta mehmon tashrif buyuradi. Mehmonlar ma’ruza o‘qiydilar, shundan so‘ng savol-javob o‘tkaziladi. Sessiyalar tartib raqamiga ega bo‘lib, bunisi eng birinchisidir.
Birinchi faxriy mehmonimiz — «Messe Frankfurt»ning Markaziy Osiyodagi rasmiy hamkori, «Business Media Central Asia» (BMCA) bosh direktori Dilfuza Samandarova. U «Messe Frankfurt»ning 10 ta ko‘rgazma brendini O‘zbekistonga olib kelgan, bunga qadar esa O‘zbekiston Milliy PR-markazi direktori lavozimida faoliyat yuritgan.
🗓 Dushanba, 5-oktyabr, soat 11:00
📍 A-304 xonasi
📄 To‘liq kun tartibi
📝 Tadbir CAUʼdagi barcha uchun ochiq bo‘lib, ro‘yxatdan o‘tish talab etilmaydi.
Dushanba kuni barchangiz bilan ko‘rishguncha!
🇬🇧 For reading in English
_____________________________________
💬Telegram 📱Instagram
📱Facebook 📹Youtube
📞 71-200-05-22, 71-208-12-34
💙 Kanalimizni qo'llab-quvvatlang!
Post #3408
199

- ❤ 1